Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muz}
So‘z bo‘g‘inlari: muz
Izoh(lar)i:
muz ot

1. 1. Suvning nol darajagacha sovishi natijasida qotgan holati; yax. Muz parchasi. Muz yormoq. Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda qizg‘in qum kechib obdan pishgan bizning yigitni ham kun xiyla betoqat qilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ufqqa tutash muz qatlamlarini tilimlab, atom muzyorar kemasi suzib borayotir. Gazetadan

2. 2. Muz kabi sovuq. Uning boshiga muz yugurib, asablari tirishdi. G‘ulom, Mash’al
Yo‘lchi qotgan korni g‘arch-g‘urch bosib, toza, muz havoni qamrab, keza boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. ko‘chma s. t. t. Juda sovuq, yoqimsiz narsa, odam va shu kabilar haqida. Suhbat muz bo‘lib ketdi. Mehmonlar ichkilikka zo‘r berishdi. S. Ahmad, Gugurt

4. ot ot Sovuq. ellikka yaqin kishi besh-o‘ntadan navbat bilan kirib-chiqquncha, oyog‘imdan muz o‘tib ketdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bug‘ – suv – muz
Ma’nosiga ko‘ra
(holatidagi yumshoq-qattiqligiga ko‘ra)

2. Isimoq – sovimoq – muzlamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning pasayib borishiga ko‘ra)

3. Muzlamoq – yaxlamoq – to‘ngmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining faol-nofaolligiga ko‘ra)

4. Sovqotmoq – qaltiramoq – muzlamoq – tarasha qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.