Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {musiqa}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-si-qa
Izoh(lar)i:
musiqa ot

1. 1. Inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag‘ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at turi. Hind musiqasi. Ibn Sino sharqda san’at nazariyotchisi, ayniqsa, musiqa ilmining bilimdoni sifatida tez-tez tilga olinadi. Guliston
O‘zbek musiqasi va qo‘shiqchiligi tarixida ochilmagan qo‘riq — estrada san’ati edi. Gazetadan.

2. 2. Shu san’atning cholg‘u bilan ijro etiladigan asari; kuy. Mashshoqlar darhol Xon chiqar deyiladigan tantanavor musiqani boshladilar. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Salqin hovlidan mayin, latif musiqa va qo‘shiq eshitilar edi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab

3. ko‘chma hma Yoqimli, ohangdor ovoz(lar). Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ularning oppoq, ko‘rkam gullari quyosh nurida juda nafis tovlanar, sonsiz arilar va bahor qo‘ng‘izlari gullar orasida uchishib, ajib musiqa tarqatardi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.