Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mushkul} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mush-kul-lash-moq
Izoh(lar)i:
mushkul sf

1. sft. ft. Hal qilinishi, yechilishi mahol bo‘lgan; qiyin, og‘ir. Mushkul ish. Mushkul vazifa. Mushkul ahvol. Yo‘lchi o‘zi uchun mushkul masalani, ya’ni xo‘jayin oldiga kirib, undan pul talab qilishni o‘yladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Birodari aziz, ahvolingiz mushkul, achinaman, illo ko‘maklashishning uddasidan chiqolmayman. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

2. ot ot Qiyin ish, og‘ir ahvol, qiyinchilik. To‘lamat mo‘ylov, Sherbekning mushkulini birga tortishayotgandek, o‘yga cho‘mdi. S. Anorboyev, Oqsoy
[Navoiy:] Shohim, har bir mushkulni aql va sovuqqonlik hal qiladi. Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy.

3. ot kam qo‘ll. ll. Ishkal chiqaruvchi, chatoqchi, chatoq. [Safar bo‘zchi:] Birorta mushkul ig‘vo qildimi, zakotchining tomog‘i taqilladimi, qo‘ltig‘imdagi bo‘zni yoppa oldi-qo‘ydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
[Yusufbek:] Hoy To‘la, hushyor bo‘l! Meni bilasan-ku, yigit-yalang ichida gapimni bermay yurgan mushkulman. Hamza, Paranji sirlari

Antonim(lar)i: yengil , oson [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.