1. Fikran muhokama yuritish, o‘ylash; o‘y.
Biz uch oilaning bir-biriga o‘xshamagan qismat-taqdiri haqida mulohaza yuritdik, vafodorlikni ulug‘lab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik.
Gazetadan
Uning [eshonning] uzoq mulohazadan keyin bir fikrga kelgan kishidek ko‘zlari ma’noli qisildi.
S. Ahmad, Hukm
2. Biror masala yuzasidan bildirilgan yoki o‘ylab qo‘yilgan fikr.
Iqtisodiy masalaga doir mulohazalar. O‘z mulohazasini bayon etmoq.
▬
Ahmad Husayn quldan badtar ojiz, zabun, hamisha taqdirga itoatkor, g‘irt savodsiz bu dehqonning mulohazalariga hayron qoldi.
Oybek,Nur qidirib
3. ayn. yn. Andisha 1.
Mulohaza bilan ish qilmoq.
▬
Hosilot ota Komiljonni koyib bermoqchi ham bo‘ldi, tag‘in rais bu voqeadan xabardordir, degan mulohaza bilan indamadi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi