1. kt. Kishini dahshatga soladigan, dahshatli, qo‘rqinchli.
Mudhish xabar. Mudhish jinoyat. Mudhish manzara.
▬
Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotgan to‘nka yonida sochlari o‘sib, soqoliga qo‘shilib ketgan bir devona bu mudhish qorong‘ilikka qarshi kurashgan kabi gulxanni yondirishga tirishar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Bu qanday falokat, qanday mudhish falokat, — dedi Ibn Sino yig‘lamoqdan beri bo‘lib.
M. Osim, Ibn Sino qissasi