Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mojaro}
So‘z bo‘g‘inlari: mo-ja-ro
Izoh(lar)i:
mojaro ot

1. 1. Hodisa, voqea (aso-san, salbiy voqea-hodisa haqida). Dahshatli mojarolar. Zaynabning jinni bo‘lib og‘asi tomonidan ushlanib, kishanga solingan mojarosi eshitildi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
Maktablar bo‘ldi vayron, Imoratlar xaroba. Bu ofat mojaroga Ko‘hna falak ham hayron. M. Shayxzoda

2. 2. Kishining boshidagi, boshidan kechgan tashvish, sarguzashtlar. Abdurasul o‘z boshidan kechgan mojarolarni so‘zlashga kirishdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Bir vaqtlar ishq mojarolarini yolg‘iz ertaklardan tinglagan Gulnor endi o‘zi ishqning olov ko‘ylagida yashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.

3. 3. Janjal, tortishuv, g‘alva. Sharofat Sidiqjonning g‘ashiga tegmoqchi, shu yerda biron mojaro boshlab, dod solmoqchi edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Yo‘lda xotini bilan tongda bo‘lgan mojaroni eslab, ko‘ngli badtar xijil tortdi. Q. Kenja, Notanish gul

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: janjal
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.