Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {misol}
So‘z bo‘g‘inlari: mi-sol
Izoh(lar)i:
misol ot

1. 1. Tushuntirish uchun yoki dalil, isbot va shu kabilar tariqasida bir turli narsa, hodisa va shu kabilardan olingan ayrim namuna; o‘rnak. Misol keltirmoq. Misolga olmoq. Misol uchun gapirmoq. [HakimboyvachchaJ Yomonlarning ko‘paygani haqida shikoyat qildi. Misol uchun Yo‘lchini oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shayboniyxon mirzolarning insofni, imonni unutganlari, el-ulusni vayron qilganlariga yana bir talay misollar keltirdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Yechish, mashq qilish uchun beriladigan matematik ifoda. Misol ishlamoq. Yechilishi oson misol.

3. kam qo‘ll. ayn. yn. Misoli. Oq paxtamiz taronasi yoyilsin tong misoli. To‘la
Kunlarim ham endi tiyiqsiz Oqar ko‘zim yoshlari misol. Sh. Rahmon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kabi – singari – yanglig‘ – o‘xshash – bamisoli – misli – degandek
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yog‘ining ortiq darajada ekanligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.