Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {minbar}
So‘z bo‘g‘inlari: min-bar
Izoh(lar)i:
minbar ot

1. din. in. Masjidda imom va’z aytadigan baland joy. Hazrat minbardan tushib, betiga fotiha tortganidan keyin, masjid muazzini bilan darvozaning yoniga borib turdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

2. 2. Ma’ruza qilinadigan, axborot beriladigan baland kursi; tribuna. Minbarga chiqmoq. Minbarda turib gapirmoq. Umrida minbarga chiqmagan Mirvali bangi ham, uzicha aytganda, mehrobga so‘zga chiqib, so‘zining oxirida hammani kuldiradi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Hali institutning minbarlaridan O‘nlarcha olimdan tinglaysan xitob. G‘, G‘ulom
Doska yonida ustiga qizil surp yopilgan yozuv stoli, uning chap tarafida minbar. F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.