Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {me’yor}
So‘z bo‘g‘inlari: me’-yor
Izoh(lar)i:
me’yor ot

1. 1. Rasmiylashtirilgan, umum tomonidan qabul qilingan, hamma tomonidan majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida. Huquq me’yorlari. Axloq me’yorlari.

2. 2. Biror narsa, ish va shu kabilarning miqdor, daraja jihatdan talabdagi, belgili o‘lchami. Har narsa ham o‘z me’yorida yaxshi. Me’yorini bilmoq. Bir me’yorda ishlamoq. Bizda dehqonchilikning bir kunga kesilgan ish me’yori bor. A. Qodiriy, Obid ketmon
Tabiat o‘zi usta dehqon. Me’yori bilan danak tashlagan, me’yori bilan urug‘ sochgan. S. Anorboyev, Yo‘lda yo‘ldosh bo‘lganlar
Lekin ana shu mehr-oqibat me’yorida bo‘lmog‘i kerak. Bu ishda me’yorni unutish yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Gazetadan

3. 3. Ana shu me’yorni belgilovchi asos-ko‘rsatkichlar. Baho qo‘yish me’yorlari.

4. s.t. kam qo‘ll. ll. Chek-chegara. Bu adadsiz cho‘l edi, Sira me’yori yo‘q edi. Bahrom va Gulandom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.