Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maza}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-za qil-moq
Izoh(lar)i:
maza ot

1. 1. Narsalarning ta’m-lazzat bilish a’zolariga ta’sir etib, sezgi uyg‘otish xususiyati; ta’m, lazzat. Nordon maza. Olmaning mazasi. Mazasini totib ko‘rmoq. Uzi shirin, to‘qligina, mazasi ham totligina (topishmoq: shaftoli).

2. 2. Qanoat hissi, ruhiy zavq, lazzat, rohat. Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. G‘. G‘ulom

3. sft. ft. Mazali, shirin. Jarkop, shavla, kichiri — Biri-biridan maza. Xolam qo‘li gul toza. Q. Muhammadiy

4. und. s. s. Qoniqish, rohat hissini bildiradi. — Eh, maza, maza! — deb Popuk sevinchidan quyonday dikang-dikang sakradi. H. Nazir, Yonar daryo. Haligi irjaygan odamning ko‘ngli chopdimi, so‘lakayini oqizdi: — Mazza! Mushtum.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: rohat [a], rohatlanmoq , ta’m [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.