Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kutubxona}
So‘z bo‘g‘inlari: ku-tub-xo-na
Izoh(lar)i:
kutubxona ot

1. 1. Kitob, jurnal va shu kabilarni to‘plash, saqlash va ularni tashviqot qilish, o‘quvchilarga foydalanish uchun berish bilan shug‘ullanuvchi muassasa. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining kutubxonasi. Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Yodgor shu kuni tushdan keyin kutubxonaga borgandi Zalda o‘n-o‘n besh kishidan bo‘lak hech kim yo‘q edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Turi jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan va ma’lum bir toifadagi kitobxonlarga mo‘ljallangan kitoblar seriyasining nomi. Mushtum kutubxonasi. Jahon adabiyoti kutubxonasi.

3. 3. Ma’lum shaxsga tegishli ko‘p miqdordagi kitoblar va shu kitoblar turadigan joy. Eshikdan bosh suqib, unga salom berdi-da, mehmonxona tokchalari to‘la kitoblarga bir muddat tikilib qoldi. Otasi o‘zining boy kutubxonasi bilan bejiz faxrlanmasdi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.