Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kurashchi}
So‘z bo‘g‘inlari: ku-rash-chi
Izoh(lar)i:
kurashchi ot

1. 1. Kuchi va epchilligini namoyish qilish maqsadida kurash bilan shug‘ullanadigan, kurash tushadigan shaxs, sportchi. Ikkovi, go‘yo usta kurashchilarday, bellarini egib, bo‘yinlarini bir-birining yelkasiga qo‘yganlari holda, ayiqday tebranishib, davrani aylandilar. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. O‘z maqsadi, g‘oyasi yo‘lida faol harakat qiladigan, bunga monelik qiluvchi g‘ovlarni yengish uchun olishuvga, hatto dushmanga qarshi jang qilishga ham tayyor bo‘lgan shaxs. Ahmad Sobirni isyonkor, hayotdagi bir xillikka, rangpar va turg‘un muvozanatga qarshi kurashchi sifatida tasavvur qilgandi. F. Musajonov, Himmat
Hamyoni zo‘rlarning hokimiyatini parchalashga bel bog‘lagan kurashchilarga tabiiy bir ichki intilish bilan yaqinlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.