Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kurash}
So‘z bo‘g‘inlari: ku-rash
Izoh(lar)i:
kurash fl

1. 1. Bir-birini yiqitish, g‘olib chiqish uchun ma’lum qoida bo‘yicha olishmoq, o‘zaro bellashmoq, kurash(ga) tushmoq. Ular bir-birlarining belbog‘laridan mahkam ushlab, uzoq kurashdilar. Kurashmay, quvvatim qaydan bilasan, Og‘zing bilan shuncha polvon bo‘lasan. Tohir va Zuhra

2. 2. Sportning biror turi bo‘yicha bellashmoq, musobaqalashmoq. Futbol komandalari o‘zaro astoydil kurashmoqda. Ertaga eng zo‘r shaxmatchilar kurashadilar. Suron zo‘raydi, [tortishuvchilar] yana turib, hansirab, tortishuvni davom ettiradilar. Kuch sinashda har ikki tomon astoydil kurashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Biror narsaga erishish, biror maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilmoq, faoliyat ko‘rsatmoq. Ochilgan qo‘riqlar yana ham ko‘rkam va muhtasham bo‘lishi uchun kurashaylik. O‘zbekiston qo‘riqlari
Fabrikamizda ilg‘orlar juda ko‘p, ular ham mahsulot ko‘lami uchun, ham sifati uchun kurashadilar. Gazetadan

4. 4. Biror kimsa yoki narsaga faol qarshilik ko‘rsatmoq, uni yengish yoki yo‘q qilish uchun chora ko‘rmoq, harakat qilmoq, tirishmoq, olishmoq. Jabr-zulmga qarshi, huquqsizlikka qarshi kurashmoq kerak. Oybek, Hur qidirib
Bo‘ron vaqtida ham, bo‘ron to‘xtaganda ham bitmas-tuganmas g‘ayrat va jasorat namunalarini ko‘rsatib, tabiat ofatiga qarshi kurashdilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tugatish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Gazetadan

5. 5. Jang qilmoq. To‘pchilarimiz sarosimaga tushmay, o‘z pozitsiyalarida mahkam turib, qahramonlarcha kurashdilar. Gazetadan

6. Kuramoq fe’lining birgalik nisbati. Bolalar kun bo‘yi tomlardagi va hovlidagi qorlarni kurashdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: musobaqa [a]

1. kurash I fikr manbai
kurash tushmoq; kurash olib bormoq; qor yoki boshqa biror narsani maxsus asbob bilan urib tozalash

2. kurash II Ot
yiqitib g‘olib bo‘lishga asoslangan musobaqa; bir-birini yengish, yo‘q qilishga qaratilgan faol harakat

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.