1. 1. Yuz, ko‘z harakatlari yoki turlicha tovush (tovushlar) bilan xursandligini, zavq-shavqini ifodalamoq, kulgi ifodalamoq. Xoxolab kulmoq. Qahqaha urib kulmoq. Piq etib kulmoq. Hiringlab kulmoq. Muloyim kulmoq. Miyig‘ida kulmoq. ▬ Oldin Kamoliddin maxdum, unga ergashib Asad qori hi-hilab kuldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha Avaz, Feruz sha’niga aytgan bir baytini eslab, murtida kuldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik Hafiz Mirzamuhamedovichning kulib turgan chehrasi jiddiylashdi. S. Karomatov, Oltin qum Hamon kulib turgan ko‘zlari bilan uni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Kulgi bilan masxaralamoq, mazax qilmoq. Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, gapirishadi, piching, kesatiq-mesatiq man yaqinlashsam, jim bo‘lishadi [dedi Gulnor]. Oybek, Tanlangan asarlar Qandoq boraman kulmaydimi hamma. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol Kulsa kulaversin, bari bir o‘z fikrimda qolaman. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
1. baxti kulmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq
2. bir aytib, o‘n kulmoq: -
3. bir gapirib, o‘n kulmoq: -
1. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (harakatning kuchliligiga ko‘ra)