Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kul} - g ( So‘z yasovchi ) - u ( Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kul-gu
Izoh(lar)i:
kul fl

1. 1. Yuz, ko‘z harakatlari yoki turlicha tovush (tovushlar) bilan xursandligini, zavq-shavqini ifodalamoq, kulgi ifodalamoq. Xoxolab kulmoq. Qahqaha urib kulmoq. Piq etib kulmoq. Hiringlab kulmoq. Muloyim kulmoq. Miyig‘ida kulmoq. Oldin Kamoliddin maxdum, unga ergashib Asad qori hi-hilab kuldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Avaz, Feruz sha’niga aytgan bir baytini eslab, murtida kuldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Hafiz Mirzamuhamedovichning kulib turgan chehrasi jiddiylashdi. S. Karomatov, Oltin qum
Hamon kulib turgan ko‘zlari bilan uni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Kulgi bilan masxaralamoq, mazax qilmoq. Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, gapirishadi, piching, kesatiq-mesatiq man yaqinlashsam, jim bo‘lishadi [dedi Gulnor]. Oybek, Tanlangan asarlar
Qandoq boraman kulmaydimi hamma. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kulsa kulaversin, bari bir o‘z fikrimda qolaman. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.