Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘z} - boy ( Otga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - l ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - ov ( Songa qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - chi ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘z-boy-lov-chi
Izoh(lar)i:
ko‘z ot

1. 1. Tirik mavjudotning ko‘rish a’zosi. Ko‘zi yoshli odamni Ko‘zim aslo ko‘rmasa. Shuhrat. Ko‘z kosasi. Ko‘z oqi. Ko‘z qorachig‘i. Qora ko‘z. Ko‘k ko‘z. Xumor ko‘z. Ayagan ko‘zga cho‘p tushar. Maqol
Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Maqol
Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir. Maqol
Maston, unga e’tibor qilmay, otning tumshug‘idan ko‘tarib, uning ochiq qolgan ko‘zlariga qaradi. A. Qahhor, Maston
Gavhar o‘rtadagi simyog‘och uchida osilib turgan lampochka yorug‘idan qamashgan ko‘zlarini kafti bilan pana qilib, yog‘och zinalardan chiqib keldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Nazar, nigoh; qarash. [Kumushning] Ko‘zlari o‘ynaguvchi qizlarda bo‘lsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani ko‘rgandek. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Gulnor buzuq qiz bo‘lsa, ko‘zimizdan uzoqroq joyga yo‘qolgani yaxshi. Oybek, Tanlangan asarlar
Zulfizarni esa odamlarning yomon ko‘zlaridan oltinlarni yashirganday yashirasan. K. Yashin, Hamza
Mansur hamon indamas, ko‘zlarini bir nuqtadan uzmas edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Ko‘rish qobiliyati. Ko‘zi xira. Ko‘zi o‘tkir. Ko‘zi ojiz. Ko‘zi yaxshi emas. Bir vaqtlar do‘ppi tikdim, ko‘rpa qavidim endi unday ishlarga ko‘zim o‘tmaydi. Oybek,Tanlangan asarlar
Yozuvchining ko‘zi ham, dimog‘i ham, qulog‘i ham hech kimnikiga o‘xshamaydi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

4. ko‘chma hma Ba’zi narsalarning biror belgi bilan ajralib, ko‘zga o‘xshab ketadigan qismi, bo‘lagi. Derazaning ko‘zi. Yog‘ochning ko‘zi. Buloqning ko‘zi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.