Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rmana}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘r-ma-na
Izoh(lar)i:
ko‘rmana ot

1. 1. Kelinni yoki yangi tug‘ilgan bolani birinchi marta ko‘rishda yaqin kishilar, qarindosh-urug‘lar tomonidan beriladigan sovg‘a. Ko‘rmana bermoq. Toychog‘imning ko‘rmanasini chiqar, dadasi, — dedi [O‘zbek oyim]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Olim bo‘lgan do‘stining tabrigi hamda kelin ko‘rmanasi deb, ixchamgina, chiroyli bir magnitofonni ko‘tarib, Sobirjon kirib keldi. D. Nuriy, Osmon ustuni

2. 2. Ko‘rish (ko‘rgazma) uchun qilingan. Ba’zi serhasham, yaltiroq, ko‘rmana uchun qurib qo‘yilgan shiyponlardan emas. R. Fayziy, Asad libosi
Ba’zilar Bu mashina ko‘rmana uchun qo‘yilarmish desa, ba’zilar To‘ppa-to‘g‘ri Moskvaga [ko‘rgazmaga] yuborilarmish, deb o‘yladi. I. Rahim, Zangori kema kapitani

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.