Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘pik}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-pik
Izoh(lar)i:
ko‘pik ot

1. 1. Ma’lum sabablarga ko‘ra suyuqliklarda hosil bo‘ladigan mayda pufakchalardan iborat massa. Suv ko‘pigi. Pivo ko‘pigi. [Soy] O‘z yo‘lida uchragan haybatli toshlarga zarb bilan urilib, chaqmoq chaqqanday, qirg‘oqqa halqa-halqa ko‘pik sochmoqda. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
[Elmurodning:] Shoyad Yo‘ldosh bilan bir qismga tushsam, dardlashib yurar edik, degan umidi ham sovun ko‘pigiday tez o‘chdi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Odam yoki hayvonning mayda-mayda pufakchali so‘lagi. Komissar, og‘zidan ko‘pik kelib, pol ustida cho‘zilib yotardi. M. Muhamedov, Kichik garnizon
[Ho‘kiz] O‘rnidan qo‘zg‘ala olmay, og‘zidan oq ko‘pik oqizib, ko‘zlari olayib, bo‘kirib yotibdi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. ko‘chma hma Ma’nosiz, quruq narsa haqida. Hazrat shayxning bu ko‘pik so‘zlariga bir iljayib qo‘ydi-yu, yana unga so‘z qotdi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.