Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘p}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘p
Izoh(lar)i:
ko‘p fl

1. shv. Oshmoq, ko‘pchimoq. Xamir ko‘pib qolibdi.

Antonim(lar)i: kamchil , kam [f-t], oz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kub – [yun] Olti yoqli geometrik shakl va shunday shakldagi narsa; bir miqdorning uchga ko‘paytmasi; bir kub metrga teng hajm o‘lchovi. Besh kub tuproq. Ikki kub taxta.

Ko‘p ma’nolilik – nutq jarayonida til birliklarining birdan ortiq ma’no bildirish hodisasi. Mas., kitob so‘zi ko‘p ma’noli so‘z: 1) «varaqdan tashkil topgan va muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holidagi o‘quv quroli»; 2) «katta hajmli asarning qismi, bo‘limi”. Yoki qo‘zichoq so‘zi «qo‘yning bolasi» va «aziz farzand» ma’nosiga ega. Ko‘p ma’noli so‘zlarda, qo‘shimchalarda, iboralarda, tasviriy ifodalarda bo‘lishi mumkin. (q. Ko‘p ma’noli so‘z, Ko‘p ma’noli ibora, Ko‘p ma’noli qo‘shimcha.)

Bir ma’nolilik tilda kam va termin, biror soha, kasb-hunar atamasi, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zga daxldor. Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan boshqa ma’no ham kasb eta boshlashi mumkin. Mas., hakker so‘zi neologizm, «kompyuter programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda «umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda. Ko‘p ma’noli so‘z metafora, metonimiya, vazifadoshlik, sinekdoxa usullari bilan hosil bo‘ladi.

Ko‘p ma’noli so‘z. Nutq jarayonida birdan ortiq ma’no bildiradigan so‘z ko‘p ma’noli so‘z. Tildagi so‘zning ancha qismi ko‘p ma’noli, chunki kishi o‘zining kundalik hayotida yangi paydo bo‘lgan tushunchaning har biri uchun alohidaalohida so‘z qo‘llayveradigan bo‘lsa, uning soni o‘ta ko‘payib, xotirada saqlash mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashadi.

Har qaysi tilda sanoqli til birligining turli xil birikuvidan cheksiz tushuncha va fikrni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zga yangiyangi ma’no yuklanadi. Natijada ko‘p ma’noli so‘z hosil bo‘ladi. Mas., tosh so‘zi dastlab «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosiga ega bo‘lgan: Yo‘lda tosh yotibdi. Keyinchalik so‘zdagi «qattiqlik» ma’no qirrasi faollashib, “g‘am ham yemira olmaydigan” ma’nosi vujudga kelgan: Tosh ekan boshim.

Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘z ko‘p ma’noli yoki polisemantik so‘z, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deyiladi. Polisemiya yunoncha poli «ko‘p», semio «ma’no» so‘zidan olingan, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono bir, semio ma’no)ga zidlanadi.

Qo‘shimcha (hissiy va uslubiy) ma’no so‘zni ko‘p ma’noli qila olmaydi. Chunki u o‘zi alohida tushunchani ifodalamaydi, balki tushunchaga biror qo‘shimcha ma’no orttiradi. Ko‘p ma’nolilikka birinchi anglatgan tushuncha va tasavvurdan tashqari boshqasini anglatish asos qilib olinadi.

Ko‘p ma’noli so‘z qancha ma’noni bildirmasin, baribir o‘sha predmet, hodisa, harakat orasida aloqa, umumiy belgi mavjud bo‘lishi shart. Mas., belso‘zi uch predmetni anglatadi, ammo ular orasidagi o‘xshashlikka asoslangan umumiy (“o‘rta qism”) belgisi mavjudligi birbiri bilan bog‘lab turadi. Qiyoslang: 1) Avazxon olmos po‘latni beliga boylab, otning beliga mindi; 2) Ezilib ketadi tog‘larning beli.

Ko‘p ma’noli so‘zda ma’no qancha bo‘lsa ham, u bir so‘z hisoblanaveradi. Ko‘chma ma’no nutq tarkibida boshqa so‘z bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, so‘z nutq tarkibidan chiqarilganda o‘z ma’nosi qoladi. Mas., tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosini anglatadi.

Har qanday ko‘p ma’noli so‘z gapning ichida faqat bir ma’noni anglatadi. Chunki bunda so‘zlovchi bir ma’noni nazarda tutadi va gapdagi qo‘shni so‘z ham boshqa ma’noni yuzaga chiqarmaydi.

            Ko‘p ma’noli ibora. Ko‘p ma’noli iborabirdan ortiq ma’noga ega. Mas., Bosh ko‘tarmoq: 1) «sekin sog‘aymoq»; 2) «sekin qaramoq»; 3) «qo‘zg‘olon qilmoq»; o‘ziga kelmoq: 1) «sekinlik bilan tushunmoq»; 2) «sekinlik bilan sog‘aymoq»; ko‘zi ochildi: 1) «qoqilib tushdi»; 2) «ko‘rdi».

Ko‘p ma’noli iboraningqaysi ma’nosi voqelanayotganligi matndan anglashiladi.

  Ko‘p ma’noli qo‘shimcha. Ko‘p ma’noli qo‘shimchabirdan ortiq ma’no anglatadi. Mas.,-chilik qo‘shimchasini olaylik. Darslik va qo‘llanmada uning quyidagi uch ma’nosi farqlanadi: 1. Asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, uzumchilik.2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: pishiqchilik, mo‘lchilik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni bildiruvchi ot: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik. Aksariyat qo‘shimcha – ko‘p ma’noli. Tilda qo‘shimchaning kamligi uning ko‘p ma’noli bo‘lishiga olib kelgan.

 

Ko‘p ma’noli qo‘shimchaga misol:

Qo‘shimcha

Misol

-li

aqlli (mavjudlik), yog‘li (ortiqlik), o‘tirishli (moslik)

-ma

qovurma (harakat natijasi), burama ( odatdagi xususiyat)

-la

moyla (ega bo‘ldirish), randala (vosita bilan), bolala (paydo qilish)

-chilik

paxtachilik (soha), to‘kinchilik (mavjudlik), tirikchilik (holat)

-dor

Aybdor (mavjudlik), bo‘ydor (ortiqlik)

-no

noumid (ega emaslik), nomard (qarama-qarshilik)

-be

beg‘ubor (yo‘qlik), beg‘am (kamlik)

-siz

Asossiz (ega emaslik), madorsiz (kamlik)

-lik

otalik (qarindoshlik), bolalik (holat), mudirlik (kasb-hunar)

 

 

1. ko‘p gap eshakka yuk: Ortiqcha gap-so‘zning foydasizligi haqida aytiladigan ibora.

2. og‘iz ko‘pirtirdi: ko‘p va maqtanib gapirdi

3. og‘izini ko‘pirtirdi: ko‘p va maqtanib gapirdi

1. Ancha – ko‘p – bisyor – xiyla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Ozroq – oz – ko‘p – ancha – behisob – mo‘l – bisyor
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.