Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘n} - ik ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-nik-moq
Izoh(lar)i:
ko‘n fl

1. 1. Biror ish, iltimos, shart, talab va shu kabilarga rozi bo‘lmoq; xo‘p demoq, unamoq. Maslahatga ko‘nmoq. Ganga ko‘nmoq. Shartga ko‘nmoq. Uni tashlab, bir tuya bilan ketishga tuyachilar ko‘nmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
U qizining bunchalik tez ko‘nib, rozilik berganidan juda-juda xafa ko‘rinardi. N. Fozilov, Diydor
Yigit ko‘nsa, ichkuyov qilaman, ko‘nmasa, qizimning baxtiga zomin bo‘lmayman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Qanoat qilmoq, ko‘nikmoq. Ozga ko‘nmoq. Boriga ko‘nmoq. Qiyinchiliklarga ko‘nmoq. Keyin, ish bilan ovora bo‘lib, ko‘nikib ketarman Odam bolasi nimalarga ko‘nmaydi? P. Tursun, O‘qituvchi
Quloq solgin cho‘ponning nolishiga, Yigit ko‘nar, savdo tushsa boshiga. Alpomish

3. 3. Yig‘i, xarxashadan to‘xtamoq; ovunmoq (yosh, go‘dak bolalar haqida). Marhamat obdan yig‘ladi. Yuz-ko‘zlarini, sochini, muzdek oyoq-qo‘llarini silab ovutaman, qani ko‘nsa-chi. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kun Quyosh, oftob; bir sutkalik vaqt, quyosh chiqqandan botguncha muddat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.