Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘mak} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-mak-lash-moq
Izoh(lar)i:
ko‘mak ot

1. Moddiy, jismoniy, ma’naviy yoki boshqa jihatdan qo‘llab-quvvatlash; yordam. Katta ko‘mak. Ko‘mak olmoq. Do‘stlar ko‘magida qiyinchiliklarni yengmoq. Ketaman, qizim, shaharda allaqancha ishim bor. Botiralining ko‘magi bilan bitkazib olay. H. G‘ulom, Mash’al
Og‘ir daqiqalarda bir-birlarini qo‘llab, ko‘mak berardilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yigitlardan birining ko‘magida otga minib, jilovini qo‘ydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Og‘a, ne qil deysiz Men sizdan ko‘mak istab keldim. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yordam , yordamlashmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.