Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {juft} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: juft-lash-moq
Izoh(lar)i:
juft [juft ]

1. Bir xil vazifaga mo‘ljallangan, bir butunlik, komplekt hosil qiladigan ikkita o‘xshash narsa, buyum. [Boy o‘z-o‘ziga:] Bu kim bo‘ldi? Cho‘rimi yoki bir ofatijon farishtami? Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay ko‘zi surma bosganday qora. Hamza, Boy ila xizmatchi

2. Rafiq yoki rafiqa; er yoki xotin, nar yoki moda (bir-biriga nisbatan). — Juftingni qanoting ostiga olib ucha ket, lochin! Bu yerda turma! — dedi-da, Qora Ahmad bir tomonga chekildi. Oybek, Tanlangan asarla

3. Doim birga bo‘ladigan, hamroh, yonma-yon. Yo‘q, baxt ham, baxtsizlik ham juft bo‘ladi, deyishgani rost ekan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. zid.Ikkiga qoldiqsiz bo‘linadigan (butun sonlar haqida); toq. Juft sonlar. Juft nomerli uylar. Gazetadan

5. Ikki dona, ikkita. Bir juft tuxum. Un juft danak. Gazetadan

6. kam qo‘ll. ayn.Jo‘ra II. U kishi keliningizga ikki juft atlas olib kelgan ekanlar. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.