Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {judo}
So‘z bo‘g‘inlari: ju-do
Izoh(lar)i:
judo [ju-do ]

1. Biror kimsa yoki narsadan ayrilmoq, mahrum bo‘lmoq; judolikka uchramoq. Men bir oyog‘imdan judo bo‘ldim-u, ammo yuzlab go‘dakning joni salomat qoldi. Uyg‘un, Hayot qo‘shig‘i;

2. Xalos bo‘lmoq, ayrilmoq. Boshi tanidan judo bo‘ldi Gazetadan

3. Biror kimsa yoki narsadan ayirmoq, mahrum qilmoq. Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi battol Homid ekan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Xalos qilmoq, ayirmoq. Boisning qilichi dushman soldatining chap qulog‘i tagiga borib tushdi va uning kallasini tanidan judo qildi. N. Safarov, Qahramonning tug‘ilishi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: juda Haddan tashqari, g‘oyat; nihoyatda.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.