Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jo‘ra} - voz ( So‘z yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: jo‘-ra-voz
Izoh(lar)i:
jo‘ra [jo‘-ra ]

1. Oshna-og‘ayni, o‘rtoq. Biz ham bir jo‘ramiz bilan nima ish bo‘lsa qilamiz, deb Toshkentga kelgan edik. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Gap, to‘kma qatnashchilari, ulfatlar (bir-biriga nisbatan). Mana shu vaqtgacha jo‘ralarning soni hamon o‘sha — to‘qqizdan ortmaydi. A. Qahhor, Sarob

3. O‘rtoq ma’nosidagi murojaat shakli. Ahmadjon undan sekin: — Jo‘ram, qayoqqa ketayotibmiz? — deb so‘radi. A. Qahhor, Oltin yulduz

4. Jo‘ra (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

5. Jo‘ra (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

6. Bir kiyimli ikki bo‘lakdan iborat ipakli mol (beqasam, atlas, shoyi va sh. k). Men keltirgan atlasni Yorim solmas sandiqqa. Ming jo‘rasi arziydi Shu zarbdor do‘ndiqqa. Qo‘shiqlar

Antonim(lar)i: dushman [f-t]
Sinonim(lar)i: do‘st [f-t], o‘rtoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.