Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jiddiy} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: jid-diy-lash-moq
Izoh(lar)i:
jiddiy [jid-diy ]

1. Puxta o‘ylab, chuqur mulohazalarga suyanib ish ko‘radigan; mulohazali. Anvar yosh bo‘lsa ham, jiddiy, kichkina miyasi muhokamaga qobil edi.A Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim. Oqsoqol qaramadi ham, indamadi ham. Go‘yo jiddiy bir narsani o‘ylayotgandek, ko‘zlarini suzib, choy ho‘pladi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. O‘y-fikrga cho‘mgan, o‘ychan, salobatli, sipo, vazmin (kishi qiyofasi, tashqi ko‘rinishi haqida). Vagonda hamma jiddiy, kamsuxan. T. Rustamov, Mangu jasorat

4. Chin, rost, behazil; tayinli. Lekin Muborakning gaplarini jiddiyga yo‘ymadi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

5. Yomon oqibatlarga olib borishi mumkin bo‘lgan; yomon, xavfli. Xurramovning yelka yarasi jiddiy edi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

6. O‘ylanganidan murakkab, keskin, og‘ir. Sen, og‘ayni, tushunmaysan, bular orasidagi gap ancha jiddiy. S. Karomatov, Oltin qum

7. Astoydil, jon-jahd bilan, rostakamiga. Xat-savod chiqarishga jiddiy berildim. N. Safarov, Olovli izlar

8. Yetarli asosga ega bo‘lgan, asosli; muhim. Haqiqatan ham uning she’r yozishiga jiddiy sabab bor edi. P. Qodirov, Uch ildiz

9. Alohida, mas’uliyat bilan. Yosh talantlarni tanlash va ularni tarbiyalash ishiga jiddiy e’tibor bermog‘imiz kerak. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.