Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jahl}
So‘z bo‘g‘inlari: jahl
Izoh(lar)i:
jahl [jahl ]

1. Nojo‘ya xatti-harakatdan, gapdan yoki voqea-hodisadan ranjish, achchiqlanish, g‘azablanish tuyg‘usi; g‘azab. Ahmadning jahli tez, sal narsaga tutaqib ketadi. F. Musajonov, Himmat

2. ayn.Jaholat 1. Maktab anjuman borg‘il, unda fikr ochib gohi, Ilm-u fan tig‘i bilan jahl bag‘rini qon qil. Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. chapaqay jahli chiqmoq: Astoydil jahli chiqmoq, g‘azabi oshmoq, g‘azabiga olmoq.

2. jahldan tushdi: achchiqlanishdan to‘xtadi

3. jahli chiqdi: g‘azablandi

4. jahli qistadi: achchiqlandi

5. jahlini keltirdi: achchiqlandi

1. Jahl – achchiq – g‘azab – qahr – nafrat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.