1. 1. Muddaoni (maqsad, istakni) qondirish haqida qilingan murojaat, so‘rash. Me’mor shogirdlarining iltimosi bilan atay ikki qator g‘ishtni aylantirib terdi. Mirmuhsin, Me’mor Amirzodam hozir behad bandlar, mavlono, balki iltimosingizni menga aytursiz? P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. 2. Shunday so‘rash, talabni qayd etuvchi murojaat shakli. Iltimos, koridorga tupurilmasin. S. Siyoyev, Yorug‘lik — Iltimos, siz qoling, — dedi Gavhar yana yalinib. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
1. iltimosini qaytardi: rad javobini berdi
2. iltimosini qaytarmoq: -
3. iltimosini yerga tashlamaslik: -
4. iltimosni qaytarmoq: -
5. iltimosni yerga tashlamaslik: -
1. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
2. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq. Bo‘yog‘iga ko‘ra ( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
3. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)