Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {husn}
So‘z bo‘g‘inlari: husn
Izoh(lar)i:
husn ot

1. 1. Yoqimli, o‘ziga tortuvchi tus, ko‘rinish; chiroy, ko‘rk (inson yuz tuzilishi, ifodasi, rangi va shu kabilarga nisbatan). Husn to‘yda kerak, aql kunda kerak. Gulshanbonu Xudoyor xonligining ikkinchi davrida o‘z husni bilan bir necha martaba xonning iltifotiga sazovor bo‘lgan haram kanizlaridan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Sodiqjon odobli, aqlli, qomat-u husnda ham ko‘zi tushgan qizlarni qoqiltiradigan yigit edi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, sho‘xligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq

2. ko‘chma hma Yoqimli ko‘rinish; chiroy. Biz, etagimizdagi yamoq ko‘rpaday, qishlog‘imiz husnini buzib turgan cho‘l parchasiga so‘nggi marta hujum qilamiz. O‘zbekiston qo‘riqlari
Kechagi changbosdi yomg‘ir tabiatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yuboradi. N. Fozilov, Diydor

3. ko‘chma hma Chiroy bo‘luvchi narsa, chiroy timsoli; chiroy. Farg‘ona — O‘zbekistonning husni, xoli. Shuhrat, Shinelli yillar
Yaxshi yigitlar — armiyaning husni! Shuhrat, Shinelli yillar
Kanalning ikki yoqasi bo‘ylab qurilgan ikki qavatli binolar shu qadar ko‘rkamki metallurglar shaharchasiga husn bo‘lib tushgan edi. N. Safarov, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chiroy , ko‘rk , zeb [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Husn – chiroy – ko‘rk – zeb
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.