Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hol}
So‘z bo‘g‘inlari: hol
Izoh(lar)i:
hol ot

1. 1. Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol. Umidli, izlanuvchan yoshlarimizning ko‘pligi quvonchli holdir. Gazetadan
Shunaqa, bu cho‘lni osonlikcha yengmaganmiz, qurbonlar berib, jon fido qilib, shu holga keltirganmiz. O‘zbekiston qo‘riqlari
maktabda o‘qish-o‘qitish ishlari mustahkam izga tushib ketdi. Bu hol qishloqda sezilmay qolmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Darvozalar yonida sarbozlar yurib turishi dushmanga qarshi tadbir-choralar ko‘rilayotganini hisobga olmaganda, shahar o‘lik holda edi. Mirmuhsin, Me’mor

2. 2. Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat. Avtor yana o‘z savlatli holiga qaytdi. Qaddini g‘oz tutganicha, oyog‘ini kerib, yirik-yirik qadam tashlab chiqib ketdi. F. Musajonov, Himmat
O‘zim-ku, g‘o‘zalarni shu holga yetkazguncha lablarimni(ng) uch marta po‘sti tushdi. S. Nurov, Narvon

3. 3. Kishining jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zini sezishi; jismoniy va ruhiy holat; kayfiyat, avzo, ko‘rinish. Me’morning xayol surib, giyohvandlardek qotib qolganini ko‘rgan Horunbek ustod ba’zan shunday holga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o‘ylardi. Mirmuhsin,Me’mor
Teshaboy, bir tomondan, kooperativchining holiga achindi, ikkinchi tomondan, gitlerchilarga xizmat qilayotganidan g‘azablandi. T. Rustamov, Mangu jasorat

4. o‘.-p. k. k. (shaklida — holda) Holat bildiruvchi (g‘amgin, ma’yus kabi) ba’zi so‘zlar, shuningdek,-gan affiksli fe’l bilan qo‘llanib, biror harakat-holatning shu so‘z bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi. Husaynning dadasi ma’yus holda, bilinar-bilinmas bosh chayqab qo‘ydi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Suyum og‘a garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fozilov, Diydor
Husayn Boyqaro qiyiq, tez o‘ynaydigan ko‘zlarini shoirga tikib, g‘amgin holda dedi Oybek,Navoiy
Imom yerga qaragan holda boshini qimirlatib qo‘ydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

5. 5. Ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat ma’nosini bildiradi. Uning oh degani holi yo‘q. S. Siyoyev, Avaz
Bolaning yig‘lashga ham holi qolmagan edi. Gazetadan
Xosiyat xola bir ho‘plam choy ichgan bo‘ldi-yu, holi kelmay, yotib qoldi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

6. tlsh. sh. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, o‘rni, payti va shu kabilar belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak. Qanday belgini bildirishiga ko‘ra holning sabab holi, o‘rin holi, payt holi, tarz holi kabi turlari farqlanadi. Kecha ko‘rdim (kecha — payt holi). Ko‘chada uchrashdik (ko‘chada — o‘rin holi) va boshqalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ahvol [a], qurb [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: xol – [f] Badanda yoki yuzdagi tug‘ma qora dog‘, bo‘rtma; belgi; bezak turi.
Qomus: mavjud emas.

1. amri mahol: qiyin, gumon

2. holdan ketdi: toliqdi, darmonsizlandi

3. holdan ketkazdi: toliqtirdi, darmonsizlantirdi

4. istihola qilmoq: shunday hisni tuymoq.

5. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

6. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan

7. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

8. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

9. suvdan holva yasamoq: bo‘lmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq.

1. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

2. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

3. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Darrov – darhol – tez – tezda – birpasda – bir zumda – bir lahzada – zumda – lahzada
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

5. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

6. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

7. Ko‘chat – nihol – daraxt
Ma’nosiga ko‘ra
(voyagayetishish darajasiga ko‘ra)

8. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

9. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.