Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hijron}
So‘z bo‘g‘inlari: hij-ron
Izoh(lar)i:
hijron ot

1. poet. Ayriliq, judolik, firoq. Bulbul ketdi, gul qoldi, O‘rtaga tushdi hijron. Yigit ham sog‘inadi, Yor bag‘ri loladek qon. H. Olimjon
Baxtiyor sevgini kuylardi sozim, O‘lim xanjariga tegdi-yu sindi, Hijron faryodiday sovuq ovozim, Nahot lirikaning yolqini tindi? Zulfiya
Bir yigit hijroni ba’zan otaning Bag‘rini, do‘stlarim, dog‘-dog‘ o‘rtar. G‘. G‘ulom

Antonim(lar)i: vasl , visol
Sinonim(lar)i: ayriliq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.