Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {havo}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-vo
Izoh(lar)i:
havo ot

1. 1. Yer atmosferasini hosil qiluvchi, inson, hayvon, o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan, asosan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasi. Toza havodan nafas olmoq. Havoni ifloslantirmoq. Tog‘ havosi. Archa daraxti havoni yaxshi tozalaydi. Hammaga ma’lumki, havoda zararli mikroblar ko‘p bo‘ladi. Gazetadan
Quyosh, havo, suv barcha jonivorlar uchun ozuqa bo‘lganidek, xalq hayoti yozuvchiga ilhom beradi. Gazetadan

2. 2. Yer ustini qoplagan ochiq bo‘shliq; fazo. Ro‘molini havoda silkidi. Havo jangi. Nafasni bo‘g‘adigan, ko‘zlarni ko‘r qiladigan chang-to‘zon buluti havoni tutdi. Oybek, Navoiy
Havoda momiq oq paxtalar arg‘amchi bo‘lib yurardi. Gazetadan
Bog‘ ustida orombaxsh shabada esar, havoda ko‘katlar isi anqirdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Osmon, ko‘k. Qushlar gur etib, havoga ko‘tarildi. Yomg‘ir endigina tingan, kecha qorong‘i edi. Havoda bitta ham yulduz ko‘rinmaydi. I. Rahim, Chin muhabbat
Yigitlar mushtlarini ko‘tardi. Keksalar hassalarini havoga qadadi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Atmosferaning ahvoli; holati; ob-havo. Ochiq havo. Havoning harorati. Bulutli havo. Kuz havosi. Qutbiddin havoning tez-tez ayniyotganini ko‘rib, lagerni pastroqqa ko‘chirtirdi. S. Karomatov, Oltin qum
Havo bunchalik past kelib, sharmanda qilishini qayerdan bilaylik. Mushtum,
Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, mo‘l hosilidan suyunadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. ko‘chma hma Holat, sharoit. Men o‘ylaymanki, bu besh yil mobaynida siyosiy havolar o‘zgarib N. Safarov, Tanlangan asarlar

6. kam qo‘ll. Kibr, g‘urur. Yo‘q, sal havosi balandroq chiqib qoldi bu bolaning nima bo‘lsa ham, omon bo‘lsin. O‘. Hoshimov, Ko‘prik
Ko‘p bo‘lmaydi yaxshi odamning havosi. Oysuluv
Maqtovdan Bozor-boyning havosi oshdi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. Kuy, ohang. Mashshoqlar cholg‘ularini qo‘lga oldilar. Endi guzarda shovqinli katta o‘yin havosi emas, shirin, mayin hujrabazm sadosi oqa ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
“Ur!“ degan komanda berilgach, nog‘orachilar rez havosida nog‘ora chala boshladilar, yasovullar ham o‘sha havoda cho‘plarini shartillatib, Yodgorning qip-yalang‘och etiga ura boshladilar. S. Ayniy, Doxunda.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kun , g‘urur [a]

1. havo I Ot
atmosfera, fazo

2. havo II Ot
kibr, dimog‘

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. havoga sovurmoq: bekorga, foydasiz ketkazmoq, sarflamoq.

1. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. G‘ururlanmoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

3. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.