1. 1. Qizg‘in suhbat, gap; bahs.
Mushoira — she’r bazmi, shoirlar gurungi, shirinsuxanlar suhbati.
A. Yusupov, Mushoira
Gurung qizigandan qizidi. Xotinlar dardlashib, quvnashdilar.
H. G‘ulom, Mash’al
Uz g‘uv-g‘uvi bilan guzarni to‘ldirgan odamlar gurungi ham bir zumda tindi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Mamadali asta boshini ko‘tarib, uy ichida bo‘layotgan gurungga quloq soldi.
A. Rahmat, Mardlar mardi
2. shv. q. q. Gap 2.