Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gumroh}
So‘z bo‘g‘inlari: gum-roh
Izoh(lar)i:
gumroh sf

1. kt. kt. Yo‘ldan ozgan, adashgan; yanglishgan. [Navoiy:] Dedi: qaydin sen, ey majnuni gumroh! Uyg‘un vaI. Sulton, Alisher Navoiy
Hozir pir o‘zlarini emas, sizlarni o‘ylaydilar, tong saharlarda joynamozga tiz cho‘kib, haq yo‘ldan adashgan gumroh bandalaringga g‘azab qilma, deb xudoga sig‘inadilar. S. Ahmad, Hukm

2. 2. Shunday shaxsga nisbatli koyish, haqorat. — Sen gumroh, ona suti ko‘r qilgur, adashib, uloqib kelib, yana insofdan dam urasan-a! — dedi Jo‘ra. H. Nazir, Onayizor
Voy gumroh, tanimaysanmi hali! Oybek, Navoiy

3. 3. O‘qimagan, ilmsiz, omi. — Men bo‘lsam, tamom gumrohman, na o‘qishni bilaman, na yozishni. Omiligimcha qolganman, — dedi o‘ksinib Unsin. Oybek, Ulug‘ yo‘l

Antonim(lar)i: donishmand
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.