Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dog‘}
So‘z bo‘g‘inlari: dog‘
Izoh(lar)i:
dog‘ ot

1. 1. Narsalarning betidagi boshqa rangda, boshqa tusda ajralib, farqlanib turgan kichikroq joy, tabiiy belgilar. Badandagi qizil dog‘lar. Quyosh dog‘lari. Oyda ham dog‘ bor. Maqol
E’zozxon yuzini nafis dog‘lar qoplagan bu qoracha juvonni sevib yurarkan. H. G‘ulom, Mash’al
Tunsiz kun yo‘q, dog‘siz lola yo‘q. Oybek, Navoiy
Yuzdagi dog‘larni yo‘qotish uchun betni oqartiradigan dorilar va turli xil usullar qo‘llanadi. Saodat

2. 2. Narsalarning boshqa biror modda, narsa tegib bulg‘angan, ifloslangan, kirlangan joyi. Siyoh dog‘i. Shilinib, timdalanib, qon dog‘i bilan qoplangan yuzi va yirtilgan ko‘ylagini ko‘rganda, barchani dahshat bosdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Oyimxon dog‘ bosgan dasturxonni sandalga yozib, patnisda to‘rtta singib pishgan non keltirib qo‘ydi. P. Tursun, O‘qituvchi
Bashirjonning qora korjomasida ohak va bo‘yoq dog‘lari qotib qolgan. N. Aminov, Qahqaha

3. ko‘chma hma Isnod keltiruvchi, yomon taassurot va ta’sir qoldiruvchi, yomon nom; isnod. Yomondan dog‘ qoladi, yaxshidan bog‘ qoladi. Maqol
Yaxshi bola yog‘ keltirar, Yomon bola dog‘ keltirar. Maqol
Toza qalbda dog‘ bo‘lmas. Maqol
Sevgiga tushgan dog‘ni daryo qadar ko‘z yoshi to‘kish bilan tozalab bo‘larmishmi? N. Safarov, Hayot maktabi
Qo‘rqoqlik dog‘ini o‘lim ham yuvolmaydi. A. Muxtor, Asarlar
Bu gap maktabimiz sha’niga dog‘. E. Rayimov, Ajab qishloq

4. 4. Yaxshi so‘z — yurak yog‘i, yomon so‘z — yurak dog‘i. Maqol
Kiyim dog‘ini yuvib ketkazsa bo‘ladi, lekin qalb dog‘ini yuvib bo‘lmaydi. Gazetadan

5. ko‘chma hma Gunoh, kamchilik, nuqson. O‘tgan yilgi dog‘imizni, albatta, bu yil yuvamiz, planni bajarmay qo‘ymaymiz. O‘zbekiston qo‘riqlari O‘z vijdonim oldida umrimning dog‘i yo‘q. A. Muxtor, Asarlar

6. ko‘chma hma Asorat, salbiy ta’sir. Urush dog‘larini hali yuvib tugata olmayman. Oydin, Hikoyalar
Ohu ketsa agar, tog‘i qoladi, Yara yomon bitsa, dog‘i qoladi. Yo. Mirzo, O‘g‘il mehri

7. O‘ta qizitilgan, qizdirib, ma’lum me’yorga yetiltirilgan (yog‘, moy haqida). Dog‘ bo‘lmoq. Dog‘ qilmoq. Farida yog‘ dog‘ qildi. Sharq yulduzi
Qo‘ying-chi, sabzi to‘g‘rashni ham, yog‘ dog‘ qilishni ham bilmagandan keyin, nima ham deysiz. Guldasta

8. 1. Og‘ir musibatdan, qayg‘u-kulfatdan ko‘ngilda qolgan alam. Bu charxi bemuruvvatdin ko‘ngul dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi. Uvaysiy
Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog‘lari uning o‘ziday pok, samimiy. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Ko‘zlari ko‘r bo‘lib ketmaydimi sho‘rlik ona sening dog‘ingda. I. Rahim, Chin muhabbat
Bulbul oshno bo‘lar eram bog‘iga, Qursin o‘lim, kim chidaydi dog‘iga. Ravshan

9. 2. Armon, hasrat. Nega eski dog‘larni ochding, Dog‘ ustiga og‘ular sochding?. Olimjon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: g‘am [a]

1. dog‘ I Ot
kuchli qizdirish (dog‘langan yog‘)

2. dog‘ II Ot
narsalarning boshqa narsa ta’sir qilgan joyi; isnod, tamg‘a

3. dog‘ III Ot
kuydiruvchi og‘riq, alam, qayg‘u

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. dog‘da qoldi: biror narsaning kutilgancha bo‘lmagani tufayli o‘kindi, alamzada bo‘ldi

2. dong‘i dog‘istonga ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi

3. joni hilqildog‘ga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

1. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.