Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {diyor}
So‘z bo‘g‘inlari: di-yor
Izoh(lar)i:
diyor ot

1. 1. Mamlakat, yurt, o‘lka. Hur diyor. Ona diyor. Bektemirga notanish qandaydir qushlar gala-gala bo‘lib, allaqaylarga, go‘zal, issiq diyorlarga safar qiladilar. Oybek, Quyosh qoraymas
Diyorimizda bir-biridan go‘zal, orombaxsh va shifobaxsh maskanlar juda ko‘p. Gazetadan

2. 2. Yashash joyi, maskan. Cho‘ponlar diyorida odamning qadri nihoyatda baland ekanini hirotliklar payqab o‘tirishardi. Mirmuhsin, Me’mor

3. ko‘chma hma Biror narsa ko‘p bo‘lgan, ko‘p yetishtiriladigan joy. Tilda doston Farg‘ona— Ipak paxta diyori. Yo. Mirzo, O‘g‘il mehri

4. ko‘chma hma Olam, borliq; quchoq, bag‘ir. U yoshlik chog‘idanoq mehnat diyoriga kirdi. Gazetadan
Uning xayoli sirli, yashirin zavqlar diyoriga uchdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Eh, naqadar axir bepoyon Sukunat deb atalgan diyor. R. Parfi, Ko‘zlar

5. 5. Diyor (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vatan [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.