Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {buz} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: bu-zil-moq
Izoh(lar)i:
buz fl

1. 1. Parchalab yoki qo‘porib, ag‘darib yo‘q qilmoq; ishdan chiqarmoq, yaroqsiz holga keltirmoq; vayron qilmoq, yemirmoq. Devorni buzmoq. Uyni buzmoq. O‘yinchoqni buzmoq. Uy buzganning uyi buzilar. Maqol
Otning yomoni oxur buzar. Maqol
ilonning o‘rdasini buzganingiz chakki bo‘pti-da, o‘g‘lim. M. Mansurov, Yombi
[Dadavoy Xadichaga:] Soat meniki. Buzadigan ham o‘zim, tuzatadigan ham o‘zim. Uyg‘un, Navbahor
Jaynoq, qulfni buzma, yaxshilik ko‘rmaysan. N. Safarov, Sharq tongi

2. 2. O‘zgartirib, boshqa maqsadda foydalanish uchun moslamoq. Bedani buzib, paxta ekmoq. Paltoni buzib, kostyum qilmoq. Uyda bir eski gilamcha bor edi, uni buzib, yana bir xurjun qilib olar edim. Mirtemir. Mana, kanal bitdi, mana bu to‘qaylarni buzib, yangi yer ochayotibmiz. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Insonning biron-bir ruhiy holatiga, osoyishtaligiga ziyon keltirmoq, zarba bermoq. Ikromjon xotinining quvonchini buzgisi kelmadi. S. Ahmad, Ufq
Eski turmush quzg‘unlari, bir yangi turmush qurgan oilaning turmushini buzmoq uchun qanday hiylalar qilgansiz. Hamza, Tuhmatchilar jazosi

4. 4. Jamoaviy qoidalarga, turmush tarziga xilof ish qilmoq, unga rioya (amal) qilmaslik. Qonunni buzmoq. Intizomni buzmoq. Sen, rais, umumiy yig‘ilish qarorini buzma, o‘zboshimchalik qilma, ha, yomon oqibatlarga olib keladi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Uz ahdingni buzib, inkor aylama. Habibiy, Devon

5. 5. Zararli ta’sir ko‘rsatib, ishini, faoliyatini yomonlashtirmoq. Yog‘li ovqat me’dani buzadi.

6. 6. Mavjud vaziyatni, holatni o‘zgartirmoq, unga xalal bermoq. Tinchlikni buzmoq. Suhbatni buzmoq. Bu jimlikni oxiri Jannat buzdi. S. Ahmad, Ufq
Beg‘am, betashvish do‘stlar shirin uyquda edilar. Elmurod ularning uyqusini buzmaslik uchun asta karavoti yoniga bordi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. Haqiqatdagidan, aslidagidan boshqacha qilib yubormoq. Haqiqatni buzib ko‘rsatmoq. So‘zni buzib yozmoq. Fikrni buzib talqin qilmoq. — Mezbon qani, Teshabay? — dedi u, rus tilini nemislarga xos bir talaffuz bilan buzib. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

8. 8. Uddasidan chiqa olmay, yomon yoki yaroqsiz qilib qo‘ymoq. Oshni buzib qo‘yibsiz. Suratni buzib qo‘yibsiz.

9. 9. Inson axloqi, fe’l-atvorini yomon tomonga o‘zgartirmoq. Kishining zari kishini buzar, zarni ko‘rgan — zanjirni uzar. Maqol
Hali erimniyam buzyapman deng? Hamza, Tuhmatchilar jazosi

10. 10. O‘zaro munosabatlarni yomonlashtirmoq, chatoqlashtirmoq. Yaxshi o‘g‘il yurt tuzar, yomon o‘g‘il yurt buzar. Maqol
Jahl ustida urishib qolgan bo‘lsangiz, ehtimol, yarashib qolarsiz. Oilangizni buzmang! Mirmuhsin, Umid
Kimki odamlar o‘rtasini buzib yuruvchi bo‘lsa, u ham mo‘min emasdir. Fan va turmush

11. 11. Bokiralikdan judo qilmoq, nomusiga tegmoq. Ahmoq yigit nodonlik qilib, qizni buzib qo‘yibdi.

12. 12. Biror harakatni, marosimni to‘xtatmoq. Sen buzding Nodirshohning to‘yini Yusuf va Ahmad

13. 13. Foydalana boshlamoq (yaxlit yoki yangi narsalardan). Pulni buzmoq. Bochkadagi yog‘ni buzmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aynimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.