Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bozor}
So‘z bo‘g‘inlari: bo-zor
Izoh(lar)i:
bozor [bo-zor ]

1. Aholi savdo-sotiq qiladigan maxsus joy, maydon. Otang — bozor, onang — bozor. Maqol

2. Shunday joyda savdo-sotiq qilinadigan kun. Oyda-yilda bir bozor, uniyam yomg‘ir buzar Maqol

3. ko‘chmaG‘ala-g‘ovur, chug‘ur-chug‘ur, shovqin-suron, sho‘xlik holati. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. Maqol

4. iqt.Sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari. Jahon bozori. Tashqi bozor. Ichki bozor. Bozor islohotlari. Bozor xo‘jaligi. O‘zME

5. ko‘chmaTaqdir, qismat. Izinda jo‘rasi ko‘rmakka zordir, Ma’shuqlik deganing qiziq bozordir Qo‘shiqlar

6. ko‘chmaBiror harakat yoki faoliyatning haddan oshishi, avjiga chiqishi, qizishi. Ajalning bozori shunday qizidi, Qizil qonga tulpor otlar to‘zidi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li

7. Bozor, Bozorxon (erkaklar va ayollar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: bozor
Izoh: Savdo rastalari to‘plami. Aholi savdo-sotiq qiladigan maxsus joy, maydon. Misol: Otang bozor – onang bozor.

bozor