1.  1. Zikr qilingandan, aytilgandan, ko‘rilgandan yoki ko‘zda tutilgandan bo‘lak; o‘zga.
                
                                        Joni boshqaning tani boshqa.
                        Maqol
                        
                        Boshqaning tilla-gavharidan onangning sariq chaqasi yaxshi.
                        Qanotli so‘zlar
                        
                        Bizga bosh bo‘lib turgan odam shunaqa deb o‘tirsa, boshqalardan nima o‘pkalaymiz.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        — Qiz ko‘nmaydimi, demak, uning ko‘ngli boshqa birovda, — dedi Qadamboy og‘a.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        uning qalbi goh-goh boshqa bir qiz yodi bilan to‘lib-toshar edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Menga boshqa so‘zingiz bo‘lmasa, sizga javob.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                2.  2. Mustaqil, alohida; biror xususiyati bilan farq qiladigan; boshqacha, o‘zgacha.
                
                                        O‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa — qilig‘i.
                        Maqol
                        
                        Bilak — bir, barmoq — boshqa.
                        Maqol
                        
                        [Abdurahmonboy:] Taqsir, aslida ko‘tar maliklarning eli boshqa, suvi boshqa bo‘lgan.
                        N. Safarov, Husnijamol
                        
                        Bu haqda boshqa fikr bo‘lmagan i uchun, maorifdan boshqa muallim so‘rashga qaror qilindi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Sen meni kim bilan tenglashtirmoqchisan?-Gulnor boshqa, men boshqa demoqchi
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        — E, u vaqtlar, — dedi xo‘rsinib Rixsi xola, — boshqa edi.
                        S. Zunnunova, Yangi direktor
                        
            
            
                3.  3. Begona, o‘zga, yot; birov.
                Boshqalar oldida uyaltirib qo‘ymoq.
                    ▬
                                        — Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa — boshqaga, degan bir gap bor, — dedi jiddiy vaziyatda qutidor.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                4. rvsh. sh. Tag‘in, yana, qayta, takroran.
                
                                        Keyin yotoqxonaga borguncha bu gapga boshqa qaytishmadi.
                        O‘. Usmonov, Qismat
                        
                        Qodir boshqa ichmaslik sharti bilan ikkinchi piyolaning yarmini ichishga rozi bo‘ldi.
                        A. Qahhor, Asarlar
                        
            
            
                5. ko‘m. vzf. zf. (chiqish kelishigi so‘z bilan) Bo‘lak, tashqari.
                Bundan boshqa.
                    ▬
                                        — Menga qolsa, o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim! — dedi [hoji].
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar