Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {boshliq}
So‘z bo‘g‘inlari: bosh-liq
Izoh(lar)i:
boshliq ot

1. 1. Idora, muassasa, tashkilot va shu kabilarga rahbarlik qiluvchi shaxs; rahbar. Boshliq bo‘lish oson, boshlamoq qiyin. Maqol
Boshliq o‘zini bu qadar yaqin olishidan Mansur Obidovich sal taltayib ketdi. F. Musajonov, Himmat
Boshliq buva, mingan oting qop-qora, Boshliq bo‘lsang, hammalarga teng qara. Qo‘shiqlar

2. 2. Umuman, boshchilik, rahbarlik qiluvchi; rahnamo. Oila boshligi. Ro‘zg‘or boshlig‘i. Qabila boshlig‘i. Tabibiy boshliq shoiri zamonlar ba’zi kunlari to‘rt marotabagacha Tozaboqqa qatnardi. S. Siyoyev, Avaz

3. 1. Ba’zi Sharq xalqlarining sovuq, qor-yomg‘ir va oftobdan saqlanish uchun boshga kiyadigan jun yopinchig‘i.

4. 2. Oyoq kiyimining yuzi va yonini qoplab turadigan qismi va shu qism uchun bichilgan teri. Etikning boshlig‘i yirtilibdi. Etikka yangi boshliq solmoq.

5. 1. Yuganning yuqori (otning boshida turadigan) qismi.

6. 2. Mokining ichida uning ikki qovurg‘asini birlashtirib turgan ikkita temir qism.

Antonim(lar)i: mavjud emas.

1. boshliq I Ot
kosibchilik termini. oyoq kiyimining yuza va yon qismi

2. boshliq II Ot
rahbar

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.