Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bosh} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: bosh-la-moq
Izoh(lar)i:
bosh ot

1. 1. Tananing bo‘yindan yuqorigi, oldingi (odamda, hayvonlarda) qismi; kalla. Bosh kosasi (anatomiya). Bosh miya. Bosh kiyimlar magazini. Do‘st boshga boqar, Dushman — oyoqqa. Maqol
O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizolik bildirib, barakalla! deb qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Badanim o‘t bo‘lib yondi, boshim og‘rib, ko‘zlarim tindi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
U shoshib, ot boshini chap tarafga burdi. S. Ahmad, Ufq

2. ko‘chma hma Aql-hush, miya. Bosh bilan ish qilmoq. Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odamning ko‘rki bosh bilan. Maqol
Agronomga o‘z boshi bilan ish qilishga ruxsat berish kerak. S. Nurov, Narvoy
Qoratoy Yo‘lchining yelkasini do‘stona qoqib dedi: — Rosa boshing bor, inim Yo‘lchi, oltin boshing bor. Gaplaring — bari haq. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Boshliq, rahbar. Yaxshi yigit — davraning boshi. Maqol
Yaxshi xotin erni elga bosh qilur, Yomon xotin erini gado qilur. Maqol
Yomonga bosh bo‘lguncha, yaxshiga yo‘ldosh bo‘l! Maqol
Qirq yigitga bosh bo‘ladigan xotin edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Singlingning to‘yiga sen bosh bo‘lasan, sening to‘yingga Robiya bosh bo‘ladi. O‘. Hoshimov, Ikki eshik orasi

4. sft. ft. Lavozim, mansab jihatdan katta, yuqori turuvchi. Bosh vrach. Bosh agronom. Rustam Surxondaryo viloyatidagi kolxozda bosh agronom bo‘lib ishlayotibdi. Mushtum
Direktorning bu gapi bosh injenerga qaymoqday yoqib ketdi. Mushtum
Uning otasi bosh cho‘pon, o‘zi esa cho‘pon yordamchisi bo‘lib ishlay boshladi. Gazetadan
Bundan so‘ng ham bosh mirzoligingizni emas, mirza Anvarligingizni ehtirom qilamiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

5. 5. Ulkan, katta, asosiy. Ozgina yurgach, Bog‘izog‘onning bosh arki oldidan chiqdilar. Oybek, Navoiy
Mana Xorazmning janubiy bosh darvozasi. I. Jabborov, Ko‘hna xarobalar siri
Bosh sovrin ta’sis etildi Gazetadan

6. sft. ft. Eng muhim, asosiy, yetakchi. Bosh masala. Bosh sabab. Paxta — bosh vazifa. Keyinchalik maktab sahnasida o‘ynaladigan spektakllarda hamisha bosh rollarni ijro etadigan bo‘ldi. S. Karomatov, Hijron
— Huzuringizga kelishimning bosh sababi shundadir! — dedi Hasanali. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. sft. ft. Eng oldingi, birinchi. Bosh bola. Bosh kelin. Qutidor bo‘lsa, ko‘z ochib ko‘rgan qudamiz, xotining bo‘lsa, bosh kelinimiz. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yoshi ulg‘ayganda uylanganidan, bosh bolasi men edim. Oybek, Tanlangan asarlar

8. ko‘chma s.t. .t. Odam, kishi. Bir boshga bir o‘lim. Maqol
Bir boshga yuzta xo‘jayin bor. S. Nurov, Narvoy
Bu bosh dunyoga kelib nimalarni ko‘rmadi-a! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. 9. (sanoq sonlar bilan) Chorva hisobida har bir adad jonivor. O‘n bosh ot. Ikki bosh qo‘y. Har bosh sigirdan ikki yarim ming litrdan sut sog‘ib olindi. Kolxoz chorvasiga bir yuz o‘n to‘qqiz bosh mol qo‘shildi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

10. 10. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, cho‘qqisi. Shamol bo‘lmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi. Maqol
Toqatliga tog‘lar egar boshini, toqatsizning birovlar yer oshini. Maqol
Quyosh tik ko‘tarilib issiqdan maysalarning boshi egildi. Shuhrat, Shinelli yillar
Gul ochilgay qonlarning boshida, Lolalar bor buloqlarning toshida. H. Olimjon

11. 11. Biror marosim, tadbir, voqea-hodisaning ro‘y berish, amalga oshish jarayonidagi dastlabki bosqich. Yusufbek hojining o‘zi ish boshida turib, Oybodoqqa tashqari hovlini tozalatardi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yuring, xolajon, qizni o‘zim topa-man, to‘yning boshida o‘zim bo‘laman, yor-yorni ham o‘zim aytaman O. Yoqubov, Pyesalar
Bildimki, bu ig‘volarning boshida o‘zi bosh-qosh. K. Yashin, Hamza

12. 12. Yon, old, tomon. Saidmurod aka xashakchilar boshiga borganda, ular tushlikka chiqishgan ekan. N. Qobul, Bemorlar
Tez-tez boshimga borib tur. S. Ahmad, Yulduz

13. 13. O‘rin, karavot va shu kabilarning bosh qo‘yiladigan yuqori tomoni; shunday o‘rinda yotgan kishining beldan yuqori tomonidagi joy. so‘ri ustiga yozilgan o‘rinning bosh tomonidagi uchi tepaga cho‘nqaytirib qo‘yilgan yostiqlar ozoda hayotdan xabar berardi. Shuhrat, Shinelli yillar
o‘rnidan dik etib turib, karavot boshiga tashlab qo‘yilgan shimning kamarini sug‘urib oldi. M. M. Do‘st, Lolazor
Asqar ota borib, sag‘ananing bosh tomoniga cho‘kka tushdi va baland ovoz bilan quron o‘qidi. A. Qahhor, Asarlar
Hoji Kumushning boshiga kelib o‘tirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Bir vaqt hushimga kelsam, otam boshimda yig‘lab o‘tiribdi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

14. 14. Ba’zi otlar bilan birikib, shu ot orqali ifodalangan narsaning o‘zini yoki u o‘rnashgan joyni, yon-atrofini bildiradi. Nigor oyim o‘choq boshida ovqat pishirish bilan mashg‘ul edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Mullanavro‘z xirmon boshida qoldi. S. Ayniy, Qullar
Otam mash’alani tutib, oxur boshiga bordilar. Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Haydar ota shu bahona bilan u yoq-bu yoqni ham ko‘ray deb, aylanishroq bo‘lsa ham, bozor boshidan yurdi. A. Qahhor, Asarlar

15. 15. Cho‘ziq, davomli, bo‘yli narsalar, joy, maydonlarning boshlanish joyi yoki oxiri, etagi; shunday narsalarning ikki uchidan, chekkasidan, tomonidan biri. Daryo boshlangan joy daryo boshi deyiladi. Geografiya
Yormat Yo‘lchini sudrab, ko‘chaning boshiga, aravalar to‘xtagan joyga yugurdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Xiyobonning bu boshida naqshdor, havorang baland ayvonning bir chekkasi ko‘rinib turardi. A. Qahhor, Asarlar
Avaz dala boshida, omonat bir chayla soyasida soch olib turardi. S. Siyoyev, Avaz
Xonaning u boshidan bu boshiga yurdi. Shuhrat, Shinelli yillar

16. 16. Voqea, hodisaning, biror muddat yoki faslning, asar, matn va shu kabilarning boshlanish joyi, payti, avvali, muqaddimasi. Hikoyaning boshi. Yilning boshi. Ishimning boshi yo‘q, Oshimning moshi yo‘q. Maqol
To‘yning boshi — boshlanguncha. Maqol
Qiz so‘zning boshini eshitib iljaydi, oxirini eshitib, qo‘rquvdan bo‘zardi. P. Tursun, O‘qituvchi
Mamlakat urushning boshidayoq otadan ayrilib, ona qo‘lida qoldi. O‘. Umarbekov, Sirli sohil
To‘ti bu xatning boshini eshitiboq, o‘zini yerga ko‘tarib urgan edi. S. Zunnunova, Olov
— Men, bo‘lmasa, gapni boshidan boshlay, — dedi Abdurasul. P. Tursun, O‘qituvchi
Sentyabr boshlarida polk g‘arbga tomon yo‘l oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Homidning sovchisi boshqa sovchilarning muqaddimasi, yoz boshida keladigan qaldirg‘ochlarning yo‘lboshchisi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

17. 17. Voqea, hodisa va shu kabilarning boshlanishi uchun bahona bo‘lgan narsa, dastlabki sabab. Qo‘shnimning oshi — janjalning boshi. Maqol
Qumriniso Sobiraxonga ko‘z qisib: — O‘yin-kulgimizning boshi Bahrixonning to‘yi bo‘ladi, — dedi. A. Qahhor, Xotinlar
Baxtni birovlarning ostonasidan qidirishning o‘zi baxtsizlikning boshi! A. Qahhor, Og‘riq tishlar

18. 18. Ba’zi o‘simliklarning kalla yoki chochoq shaklidagi hosili, mevasi. Bir bosh uzum. Bir bosh karam. Topgan gul keltirar, topmagan — bir bosh piyoz. Maqol
Pesh-taxta oldiga borib, savatdagi uzumdan bir bosh tanladi-da, tarozi pallasiga qo‘ydi. K. Yashin, Hamza
Qayoqdan ham bir bosh ko‘knor topib ichirdik, og‘ziga jiydaning suvini tomizib ko‘rdik. S. Siyoyev, Yorug‘lik

19. 19. (sanoq sonlar bilan) Karra, hisob. Besh bosh qilib olmoq. O‘n bosh qilib to‘lamoq.

20. 20. 3-shaxs egalik va jo‘nalish kelishik, o‘rin-payt kelishik, chiqish kelishik affikslari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (boshiga, boshida, boshidan).

Antonim(lar)i: oxir
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.