Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bog‘liq}
So‘z bo‘g‘inlari: bog‘-liq
Izoh(lar)i:
bog‘liq ot

1. 1. Bog‘lab qo‘yilgan, bog‘langan, bog‘log‘lik. Bog‘liq ot. Hunarsizning qo‘li bog‘liq. Maqol
Razzoq buqachining iti yovvoyi jiydaga oyog‘idan bog‘liq turardi. S. Ahmad, Jimjitlik

2. 2. Biror jihatdan, masalan, tobelik yoki aloqadorlik munosabati bilan uzviy ravishda bog‘langan; aloqador. Tegirmonning aylanishi yukiga bog‘liq. Maqol
Har bir narsadan katta xulosalar chiqarish shoirning aql ufqi kengligiga bog‘liq. Shukrullo, Saylanma
Umrning darozligi ham nasl-u nasabga bog‘liqdir. Sharq yulduzi

3. maxs. Arava g‘ildiragining to‘g‘in uchlarini biriktirib tutib turadigan qo‘shaloq kegayi.

4. shv. Shox-shabba, beda, bug‘doy, sholi kabi chochiq narsalarni yig‘ib bog‘lash uchun o‘sha narsalarning o‘zidan yoki novda, poxol kabilardan eshilgan bog‘; belbog‘.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aloqador [a+f-t]

1. bog‘liq I Ot
bog‘lashda ishlatiladigan po‘stloq, kanop ip

2. bog‘liq II Sifat
bog‘langan

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.