Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {boboy}
So‘z bo‘g‘inlari: bo-boy
Izoh(lar)i:
boboy ot

1. 1. Qari kishi, chol. [Yo‘lchi:] Boboyning so‘zlariga tosh ham eriydi. Siz odamsiz-ku! Oybek, Tanlangan asarlar
Mana hozir boboyning chaqasini oldim, ketaman. Oybek, Tanlangan asarlar
Boboy duo qildi, degin. A. Qodiriy, Kichik asarlar

2. 2. Qariyalarga bir oz kibr aralash murojaat shakli. Bardammisiz, boboy? Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chol
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.