Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘l} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘l-moq
Izoh(lar)i:
bo‘l fl

1. 1. Yuz bermoq, voqe bo‘lmoq. Kecha majlis bo‘ldi. Bugun bir qiziq voqea bo‘ldi. Bir oydan keyin xuddi mana shu katta bog‘da dang‘illama to‘y bo‘ldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bo‘ldi kulgi! Ayniqsa, Mirrahimov zavq qilib kuldi A. Qahhor, Asarlar

2. 2. Kelmoq, boshlanmoq; o‘tmoq, kechmoq (fasl, davr, payt va shu kabilar haqida). Bahor bo‘ldi. Kech bo‘ldi. Vaqt bo‘ldi. Buvaydadan chiqib ketganimga yigirma yildan oshgandir, ko‘p ham bo‘lgandir. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Baholanmoq, biror narxga olinmoq yoki sotilmoq. Sigir qancha bo‘ldi? — Arzon bo‘ldi. Bo‘lishi qancha? — Olavering, ot bilan tuya bo‘larmidi!

4. 4. Amalga oshmoq, bitmoq. Bo‘ladigan ish. Bo‘lmaydigan ish. Hamma ish bir haftada bo‘ladi. O‘qish qanoat bilan bo‘ladi. Shunaqasiz-da, bo‘lmaydigan gapga ishonib, bo‘ladiganiga ishonmaysiz. S. Ahmad, Hukm
Endi bo‘lar ish bo‘ldi, Asrorqul otaga aytmang. A. Qahhor, Asarlar

5. 5. Taxt holga kelmoq, tayyor bo‘lmoq, bitmoq. Qishligimizni hozirdan g‘amlab oldik. Kiyim-kechagimiz bo‘ldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

6. 6. Yetarli bo‘ldi deb hisoblamoq; to‘ymoq. Oshni oling! — Rahmat, men bo‘ldim

7. ko‘chma hma (chiqish kelishigidagi so‘z bilan) To‘ymoq; ko‘rib-bilib hafsalasi qaytmoq; joniga tegmoq. Men doridan bo‘ldim. Men hammalaringdan ham bo‘ldim.

8. 8. Tugatmoq, oxiriga yetkazmoq. Ishim ko‘p emas, bir-ikki soatda bo‘lib qolaman. — Mana, bo‘ldi, — Muqaddam igna o‘rnini spirtli paxta bilan artib jilmaydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

9. 9. Yaramoq; to‘g‘ri, muvofiq kelmoq. Bu ish menga bo‘lmaydi Bu palto senga bo‘ladi. O‘ziga bo‘y bo‘lmagan, o‘zgaga yeng bo‘lmas. Maqol

10. 10. Ega bo‘lmoq; bor, mavjud bo‘lmoq. Bo‘lgani shu, boshqa yo‘q. Bunday yordamchining bo‘lganidan bo‘lmagani yaxshi. Buning o‘rniga hidlar tarkibida bo‘lgan zarralardan foydalansa bo‘lmasmikin? X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Dehqonning oti bo‘ladi-yu, ishga solinmaydimi? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

11. 11. Biror joyga borib, tashrif buyurib, ma’lum vaqt turmoq, qo‘nmoq, yashamoq. Xorazmda ko‘p bo‘lganman. Hayvonot bog‘ida bo‘lmaganman. Siz bizning hovlida bo‘lganmisiz? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Ko‘p martalab mehmon bo‘lgandim, — dedi qutidor, — ul vaqtda bobongiz ham hayot edilar, A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Dadang bu yerda ham, shahar hovlimizda ham bo‘lgan. Oybek, Tanlangan asarlar

12. 12. Biror-bir tadbirda ishtirok etmoq, qatnashmoq, hozir bo‘lmoq. To‘yda bo‘ldingizmi? Yaxshi, sen bu to‘rtovining o‘tirishlarida bo‘lganmiding? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

13. 13. O‘smoq, bitmoq (o‘simlik, hosil haqida). Bizning yerlarda xurmo bo‘lmaydi. O‘zbekistonda paxta yaxshi bo‘ladi. shl Bu yerga anjir ek, laganday bo‘lmasa, kallamni ol. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

14. 14. Biror darajaga yetmoq, o‘z nasliga tortmoq. Odam bo‘lmoq. O‘qib injener bo‘lmoq. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l. Maqol
◆ Universitetni bitiraman, kandidat, doktor bo‘laman. A. Qahhor, Og‘riq tishlar

15. 15. (chiqish kelishigidagi so‘z bilan) Dunyoga kelmoq, tug‘ilmoq. Cho‘ridan bo‘lgan bola., uning ustiga — qiz, biyning sha’niga isnod edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
— Hoy, mingboshining haromidan bo‘lgan qizi, qanisan, bu yoqqa kel! — o‘shqirdi boyvachcha. K. Yashin, Hamza

16. 16. (chiqish kelishigidagi so‘z bilan) Kelib chiqmoq, tug‘ilmoq. Salomat Namanganning Chortoq qishlog‘idan bo‘ladi. S. Ahmad, Hukm

17. 17. Biror harakat yoki narsaning yetarli bo‘lganini, me’yordan oshganini, qoniqqanlikni, mamnunlikni ifodalaydi. Bo‘ldi, ketmonlarni bir yerga to‘planglar, ketdik. S. Karomatov, Oltin qum
— Bo‘ldi, — qiz kula-kula kafti bilan yuzini to‘sdi. — Bo‘ldi, Marat aka, tavba qildim O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
E, bo‘ldi-bo‘ldi. Shodibekning o‘g‘liman, deng? E. Raimov, Ajab qishloq
Mana, Ermat ota, mana bu ish bo‘pti-da. P. Tursun, O‘qituvchi

18. 18. Biror harakat, tadbirni ma’qullamoq, unga qo‘shilmoq. Bo‘pti, boradi! Biroq Xo‘jabekova ko‘narmikan? S. Anorboyev, Oqsoy
Bo‘pti. Sizning tashabbusingizni quvvatlaymiz. P. Tursun, O‘qituvchi
— Xo‘p bo‘ladi, — dedim-u, o‘rnimdan turdim. E. Raimov, Ajab qishloq

19. 19. Sifat turkumidagi so‘zlar bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi, masalan, hayron bo‘lmoq, xursand bo‘lmoq, kir bo‘lmoq. Oz bo‘lsin, oz bo‘lsa ham, soz bo‘lsin. Maqol
Jonim bilan, Rustamjon aka. Bundan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. K. Yashin, Hamza
Shov-shuv ko‘tarma! Dadang xabardor bo‘lib qolsa, yaxshi bo‘lmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

20. 20.-(a)r,-(a)digan,-(y)digan,-moqchi affiksli fe’llar bilan qo‘shilib, istak, mayl ma’nolarini bildiradi. U [Otabek] ko‘z yoshlarini to‘xtatmoqchi bo‘lar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Shundan keyin chetdan kelgan odamlarga hushyor ko‘zim bilan qaraydigan bo‘ldim. Mushtum
Uy qiladigan bo‘lsangiz, mening ko‘nglimga ham qarang-da. A. Qahhor, Asarlar
Gulsumbibi qizi dam olgandan keyin, kechasi yoki ertaga astagina bildirmoqchi bo‘ldi. Oybek, Tanlangan asarlar

21. 21.-day,-dek affiksli fe’llar bilan qo‘shilib, ish-harakatning jarayoni, holatini bildiradi. Hamroqul suvni ichib, bir oz o‘ziga kelganday bo‘ldi. A. Qahhor, Asarlar
Nogoh Bektemir dahshatli tushdan uyg‘ongandek bo‘ldi. Oybek, Quyosh qoraymas
Turib-turib, goho uni tushimda ko‘rganday bo‘laman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

22. 22.-(i)b affiksli ravishdoshdan keyin ko‘makchi fe’l vazifasida kelib, ish-harakatning tugallanganligini bildiradi. Samandarov xatni o‘qib bo‘ldi, uning ustiga kaftini qo‘yib, To‘lagan akaga qaradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Ayol paxtasini to‘kib bo‘lguncha, G‘ulomjon unga yer ostidan razm solib turdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

23. 23. Bo‘lishsiz shakllarda kelib, ish-harakatning amalga oshirilishi qiyinligini yoki mumkin emasligini bildiradi. It og‘zidan suyak olib bo‘lmas. Maqol
So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas. Maqol
Yoz yomg‘iri loy bo‘lmas, O‘g‘ri aslo boy bo‘lmas. Maqol
U yig‘lab yubormaslikka har qancha harakat qilsa ham, bo‘lmadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

24. 24. Ot kesim tarkibida bog‘lama vazifasida keladi. O‘ktam Abdullayev maktabga direktor bo‘ldi. Bu kishi bizning tog‘amiz bo‘ladilar. Erkak odam bir so‘zli bo‘ladi. S. Ahmad, Ufq
Bola vujudi nozik bo‘ladi. Gazetadan
Xotin kishining ko‘z yoshi shirin bo‘ladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
/Qushbegi:] Qutidor bilan Otabekning kimi bo‘lasiz, singlim? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

25. 1. Butunni (sindirib, qirqib, yorib yoki biror boshqa yo‘l bilan) bo‘laklarga ajratmoq, bo‘lak-bo‘lak qilmoq. Patirni to‘rt bo‘lmoq. Qog‘ozni ikkiga bo‘lmoq. Sherzod qilichi bilan sherni ikkiga bo‘lib tashladi. Ertaklar
Yuk mashinasi changni qoq ikkiga bo‘lib, yo‘lga tushdi. N. Qobul, Bemorlar

26. 2. Ma’lum qismlarga, guruhlarga ajratmoq, taqsimlamoq. Asarni boblarga bo‘lmoq. Bolalarni guruhlarga bo‘lmoq.

27. mat. at. Bo‘luv amalini bajarmoq, yechmoq. Katta sonni karrali kichik songa bo‘lmoq.

28. 4. O‘rtada taqsim qilmoq, ulashmoq. Daromadni bo‘lmoq. Merosni bo‘lmoq. Xotinlar dasturxondagi tuz, may iz va choyni bo‘lib olishdi. S. Ahmad, Hukm
Yigitlar istehkomga borishib, o‘q-dorilarini bo‘lib olishdi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

29. 5. Tashkilot, muassasa, korxona va shu kabilarni kichikroq mustaqil qismlarga, bo‘limlarga ajratmoq. Institutni ikkiga bo‘lmoq.

30. ko‘chma hma Gap, so‘z, suhbat va shu kabilarni to‘xtatib yoki kesib qo‘ymoq. Eshikdan kirib kelgan maxdum ularning so‘zini bo‘ldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bektemirov gapini tugatmagan ham ediki, Tursunboy ota kelib, suhbatni bo‘ldi. S. Ahmad, Hukm

31. 7. Shaxsning xayoli, fikri, o‘yi va boshqalarga xalaqit bermoq, uni chalg‘itmoq. Yoqimsiz, jirkanch kulgi Ahmadning xayolini bo‘ldi. F. Musajonov, Himmat
Hamisha ish chog‘ida kelib, fikrimni bo‘lasan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
G‘ayrat uning fikrini bo‘lmaslik uchun, miq etmay bormoqda. M. Hazratqulov, Jur’at

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yetmoq , taqsimlamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. achaga yostiq bo‘lmoq: -

2. achaning boshiga bolish bo‘lmoq: -

3. achasiga yostiq bo‘lmoq: -

4. achasining boshiga bolish bo‘lmoq: -

5. ado bo‘lmoq: juda qiynalmoq, azoblanmoq, tugamoq.

6. adoyi tamom bo‘lmoq: juda qiynalmoq, azoblanmoq, tugamoq.

7. afsona bo‘lmoq: el-xalqqa gap-so‘z bo‘lmoq, elga doston bo‘lmoq

8. ajab bo‘lmoq: juda yaxshi bo‘ldi, ko‘ngildagiday bo‘ldi (biror kimsa qilmishiga yarasha jazo olganda aytiladigan ibora)

9. alingda sulaymoncha quvvat bo‘lmoq: -

10. andarmon bo‘lmoq: biror mashg‘ulot, ish va sh.k ga berilmoq, qiziqib ketmoq

11. asfalasofilin bo‘lmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

12. avaxta bo‘lmoq: -

13. ayshi talaf bo‘lmoq: -

14. aytgani bo‘lmoq: -

15. bag‘ir qon bo‘lmoq: -

16. bag‘ir xun bo‘lmoq: -

17. bag‘r qon bo‘lmoq: -

18. bag‘r xun bo‘lmoq: -

19. bag‘ri kabob bo‘lmoq: -

20. bag‘ri mehnat o‘tina kabob bo‘lmoq: -

21. bag‘ri qon bo‘lmoq: -

22. bag‘ri qon bo‘lmoq: -

23. bag‘ri xun bo‘lmoq: -

24. baloga duchor bo‘lmoq: -

25. balosiga duchor bo‘lmoq: -

26. baxt qora bo‘lmoq: -

27. baxti qora bo‘lmoq: -

28. bekor bo‘lmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq

29. beqaror bo‘lmoq: -

30. besh badtar bo‘lmoq: -

31. besh battar bo‘lmoq: -

32. bet bo‘lmoq: yuzma-yuz bo‘lmoq, ro‘para kelmoq, uchrashmoq.

33. bet shuvut bo‘lmoq: -

34. betga chopar bo‘lmoq: -

35. beti shuvut bo‘lmoq: -

36. bir balo bo‘lmoq: -

37. bir boshi ikki bo‘lmoq: -

38. bir gap bo‘lmoq: -

39. bir gap bo‘lmoq: -

40. bir ish ikki bo‘lmoq: -

41. bir jon bo‘lmoq: -

42. bir jon-bir tan bo‘lmoq: -

43. bir joyli bo‘lmoq: -

44. bir oyog‘i .. da bo‘lsa, bir oyog‘i .. da bo‘lmoq: -

45. bir oyog‘i .. da, ikkinchi oyog‘i .. da bo‘lmoq : -

46. bir oyog‘i ..da bo‘lmoq: -

47. bir oyoq .. da, ikkinchi oyoq .. da bo‘lmoq: -

48. bir oyoq ..da bo‘lsa, bir oyoq ..da bo‘lmoq: -

49. bir oyoq ..da bo‘lmoq: -

50. bir paqir bo‘lmoq: -

51. bir pul bo‘lmoq: -

52. bir tan bo‘lmoq: -

53. bir tan-bir jon bo‘lmoq: -

54. bir tiyin bo‘lmoq: -

55. bir yoqli bo‘lmoq: -

56. bo‘lar ish bo‘lmoq: -

57. bo‘lar ish bo‘lmoq, bo‘yog‘i sinmoq: -

58. bo‘lar ish bo‘lmoq, bo‘yog‘i sinmoq: -

59. bo‘lar ish bo‘lmoq, bo‘yovi sinmoq: -

60. bo‘lari bo‘lmoq, bo‘yog‘i sinmoq: -

61. bo‘lari bo‘lmoq, bo‘yovi sinmoq: -

62. bo‘lgan ish bo‘lmoq: -

63. bo‘yda bo‘lmoq: -

64. bo‘yida bo‘lmoq : -

65. bosh omon bo‘lmoq: -

66. bosh toshdan bo‘lmoq: -

67. boshga balo bo‘lmoq: -

68. boshga bitgan balo bo‘lmoq: -

69. boshga bitgan ofat bo‘lmoq: -

70. boshi ikki bo‘lmoq: -

71. boshi ikkita bo‘lmoq: -

72. boshi omon bo‘lmoq: -

73. boshi toshdan bo‘lmoq: -

74. boshiga balo bo‘lmoq: -

75. boshiga bitgan balo bo‘lmoq: -

76. boshiga bitgan ofat bo‘lmoq: -

77. buday sovruldi, tuproq bo‘tqa bo‘lmoq: -

78. burnidan buloq bo‘lmoq: burnidan chiqdi, tatimadi, zoye ketdi.

79. burnidan tortsa, yiqilgudek bo‘lmoq: -

80. burundan tortsa, yiqilgudek bo‘lmoq: -

81. chalpak bo‘lmoq: Yiqilib uzala tushmoq, chalqan-chasiga yiqilmoq:; chalqancha yotmoq.

82. dabdala bo‘lmoq: -

83. daf bo‘lmoq: yo‘q bo‘lmoq, yo‘qolmoq; bartaraf bo‘lmoq.

84. dahmaza bo‘lmoq: -

85. dam bo‘lmoq: -

86. darak bo‘lmoq: -

87. dard ustiga chipqon bo‘lmoq: -

88. dardga darmon bo‘lmoq: -

89. dardi dunyosi qorong‘u bo‘lmoq: -

90. dardi ustiga chipqon bo‘lmoq: -

91. dardiga darmon bo‘lmoq: -

92. dardisar bo‘lmoq: -

93. dardsh ustiga chipqon bo‘lmoq: -

94. darmon bo‘lmoq: -

95. dars bo‘lmoq: -

96. daru dunyo qorong‘i bo‘lmoq: -

97. daru dunyosi qorong‘i bo‘lmoq: -

98. dastak bo‘lmoq: -

99. dastmoya bo‘lmoq: -

100. devona bo‘lmoq: -

101. dil g‘ash bo‘lmoq: -

102. dil kabob bo‘lmoq: -

103. dil siyoh bo‘lmoq: -

104. dil vayron bo‘lmoq: -

105. dili bo‘lmoq: kimning dili qorong‘i bo‘lmoq, qattiq xafa bo‘lmoq, ranjimoq.

106. dili g‘ash bo‘lmoq: noqulaylik, xijolat, ichki bezovtalik

107. dili kabob bo‘lmoq: -

108. dili siyoh bo‘lmoq: -

109. dili vayron bo‘lmoq: -

110. dimog‘ chog‘ bo‘lmoq: -

111. dimog‘i chog‘ bo‘lmoq: -

112. diqqat bo‘lmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

113. diqqinafas bo‘lmoq: Ko‘chma. Yuragi siqilib asabiylanmoq; bo‘g‘ilmoq; xunob bo‘lmoq, xunobi oshmoq; zerikmoq

114. diydorga zor bo‘lmoq: -

115. diydoriga zor bo‘lmoq: -

116. doston bo‘lmoq: -

117. dovrug‘i doston bo‘lmoq: -

118. duoyi jonda bo‘lmoq: -

119. duoyi jonida bo‘lmoq: -

120. es bo‘lmoq: -

121. esi bo‘lmoq: -

122. gap bo‘lmoq: -

123. gapini bo‘lmoq: -

124. gapni bo‘lmoq: -

125. gap-so‘z bo‘lmoq: -

126. gap-so‘z bo‘lmoq : -

127. giriftar bo‘lmoq: -

128. giriftor bo‘lmoq: 1.uchramoq, yo‘liqmoq, duchor bo‘lmoq 2.maftun bo‘lmoq.

129. hafsala pir bo‘lmoq: -

130. hafsalasi pir bo‘lmoq: -

131. hovuriga osh damlasa bo‘lmoq: -

132. ich tars yorilguday bo‘lmoq: -

133. ichagi uzilguday bo‘lmoq: -

134. ichak uzilguday bo‘lmoq: -

135. ichga chiroq yoqilgan bo‘lmoq: -

136. ichga chiroq yoqilganday bo‘lmoq: -

137. ichi tars yorilguday bo‘lmoq: -

138. ichiga chiroq yoqilgan bo‘lmoq: -

139. ichiga chiroq yoqilganday bo‘lmoq: -

140. ikki jahon ovorasi bo‘lmoq: -

141. ikki ko‘z to‘rt bo‘lmoq: -

142. ikki ko‘zi to‘rt bo‘lmoq: -

143. ishtaha karnay bo‘lmoq : -

144. ityalog‘i tilladan bo‘lmoq: -

145. jahonda doston bo‘lmoq: -

146. jigar-bag‘ir xun bo‘lmoq: -

147. jigar-bag‘r xun bo‘lmoq: -

148. jigar-bag‘ri xun bo‘lmoq: -

149. jigari suv bo‘lmoq: qiynalmoq, azob chekmoq.

150. jondan bezor bo‘lmoq: -

151. jonidan bezor bo‘lmoq: -

152. kalaka bo‘lmoq: masxara, mazax bo‘lmoq, mayna bo‘lmoq

153. katta og‘iz bo‘lmoq: -

154. kayf chog‘ bo‘lmoq: -

155. kayf chog‘ bo‘lmoq: -

156. kayf xush bo‘lmoq: -

157. kayfi chog‘ bo‘lmoq: -

158. kayfi chog‘ bo‘lmoq: -

159. kayfi xush bo‘lmoq: -

160. ko‘ngil bo‘lmoq: -

161. ko‘ngil g‘ash bo‘lmoq: -

162. ko‘ngil g‘ash bo‘lmoq: -

163. ko‘ngil keng bo‘lmoq: -

164. ko‘ngil qora bo‘lmoq: -

165. ko‘ngil to‘q bo‘lmoq: -

166. ko‘ngil xijil bo‘lmoq: -

167. ko‘ngil xira bo‘lmoq: -

168. ko‘ngil xira bo‘lmoq: -

169. ko‘ngil xotirjam bo‘lmoq: -

170. ko‘ngil xush bo‘lmoq: -

171. ko‘ngl vayron bo‘lmoq: -

172. ko‘ngli bo‘lmoq: -

173. ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq: -

174. ko‘ngli g‘ash bo‘lmoq: -

175. ko‘ngli qora bo‘lmoq: -

176. ko‘ngli qora bo‘lmoq: -

177. ko‘ngli to‘q bo‘lmoq: -

178. ko‘ngli vayron bo‘lmoq: -

179. ko‘ngli xijil bo‘lmoq: -

180. ko‘ngli xira bo‘lmoq: -

181. ko‘ngli xira bo‘lmoq: -

182. ko‘ngli xotirjam bo‘lmoq: -

183. ko‘ngli xush bo‘lmoq: -

184. ko‘ngul parvona bo‘lmoq: -

185. ko‘ngul shod bo‘lmoq: -

186. ko‘ngul shodmon bo‘lmoq: -

187. ko‘ngul xasta bo‘lmoq: -

188. ko‘ngulda ne kim bo‘lmoq: -

189. ko‘ngullar nuroni bo‘lmoq: -

190. ko‘z ko‘r, quloq kar bo‘lmoq: -

191. ko‘z ko‘r, quloq kar bo‘lmoq: -

192. ko‘z to‘rt bo‘lmoq: -

193. ko‘zdan g‘oyib bo‘lmoq: -

194. ko‘zga cho‘p bo‘lmoq: -

195. ko‘zga yaqin bo‘lmoq: -

196. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lmoq: -

197. ko‘zi to‘rt bo‘lmoq: -

198. ko‘zidan g‘oyib bo‘lmoq: -

199. ko‘ziga cho‘p bo‘lmoq: -

200. ko‘zlar chanog‘idan chiqar bo‘lmoq: -

201. ko‘zlar to‘rt bo‘lmoq: -

202. ko‘zlar to‘rt bo‘lmoq: -

203. ko‘zlari chanog‘idan chiqar bo‘lmoq: -

204. ko‘zum babaki xas bo‘lmoq: -

205. kuyib kul bo‘lmoq: -

206. lol bo‘lmoq: 1.tili tutilib, gapirolmay qolmoq 2.biror narsa aytolmay, taajjub, hayron holda qolmoq.

207. ming baloga duchor bo‘lmoq: -

208. mot bo‘lmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq

209. mubtalo bo‘lmoq: -

210. muloyim supurgi bo‘lmoq: -

211. mushugini “pisht” deb bo‘lmoq: -

212. mushukni “pisht” deb bo‘lmoq: -

213. nima degan odam bo‘lmoq: -

214. non butun bo‘lmoq: -

215. non yarimta bo‘lmoq: -

216. non yarimta bo‘lmoq: -

217. noni butun bo‘lmoq: -

218. noni yarimta bo‘lmoq: -

219. noni yarimta bo‘lmoq: -

220. non-namak bo‘lmoq: kim kim bilan suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq.

221. non-qatiq bo‘lmoq: kim kim bilan ayn. osh-qatiq bo‘lmoq q. osh-qatiq.

222. o‘lar bo‘lsa o‘lib bo‘lmoq: -

223. o‘sal bo‘lmoq: Og‘irlashib qolmoq, o‘lim oldida yotmoq.

224. o‘ttizga kiriboq o‘tin bo‘lmoq: -

225. o‘y-xayollariga g‘arq bo‘lmoq: -

226. o‘z bilan o‘z bo‘lmoq: -

227. o‘zgalar alinda bo‘lmoq: -

228. o‘zi bilan o‘zi bo‘lmoq: -

229. o‘zindin yot bo‘lmoq: -

230. og‘ir yengil bo‘lmoq: -

231. og‘iri yengil bo‘lmoq: -

232. og‘iz muhrli bo‘lmoq: -

233. og‘izda doston bo‘lmoq: -

234. og‘zi muhrli bo‘lmoq: -

235. og‘zida doston bo‘lmoq: -

236. onaning boshiga yostiq bo‘lmoq: -

237. onasining boshiga yostiq bo‘lmoq: -

238. oq uylik, ola bargaklik bo‘lmoq: -

239. oqkaltak-qorakaltak bo‘lmoq: kim kim bilan to‘g‘ri kelgan narsa bilan qurollanib urishmoq; savalashmoq.

240. ora ochiq bo‘lmoq: -

241. ora ochiq bo‘lmoq: -

242. oralar ochiq bo‘lmoq: -

243. oralari ochiq bo‘lmoq: -

244. oshiqi beqaror bo‘lmoq: -

245. osh-qatiq bo‘lmoq: -

246. osmon yiroq, yer qattiq bo‘lmoq: -

247. osmondan tushganday bo‘lmoq: -

248. ostonasi tilladan bo‘lmoq: -

249. ot bilan tuya bo‘lmoq: -

250. oyoq osti bo‘lmoq : -

251. oyoq osti bo‘lmoq: -

252. oyoqning bog‘i bo‘lmoq: boshiga tashvish, dardisar bo‘lmoq; xalaqit bermoq.

253. oyoqqa tushov bo‘lmoq: erkin harakatlanishga to‘siq bo‘lmoq, imkon bermaslik

254. payidan bo‘lmoq: -

255. peshana sho‘r bo‘lmoq: -

256. peshanasi sho‘r bo‘lmoq: -

257. qadd dol bo‘lmoq: -

258. qadd yoy bo‘lmoq: -

259. qaddi dol bo‘lmoq: -

260. qaddi yoy bo‘lmoq: -

261. qirq yigitga bosh bo‘lmoq: -

262. qirq yigitga sardor bo‘lmoq: -

263. qo‘l baland bo‘lmoq: -

264. qo‘l kalta bo‘lmoq: -

265. qo‘l yuqori bo‘lmoq: -

266. qo‘shmozor bo‘lmoq: birga, bir vaqtda o‘lmoq; qirilmoq.

267. qon bo‘lmoq: -

268. qon bo‘lmoq: -

269. qonga tashna bo‘lmoq: -

270. qoniga tashna bo‘lmoq: -

271. qurbon bo‘lmoq: -

272. ra’yga to‘siq bo‘lmoq: -

273. ra’yiga to‘siq bo‘lmoq: -

274. ruh yengil bo‘lmoq: -

275. ruhi yengil bo‘lmoq: -

276. sichqon ini ming tanga bo‘lmoq: -

277. so‘z tegadigan bo‘lmoq: -

278. so‘zini bo‘lmoq: -

279. so‘zni bo‘lmoq: -

280. soch tikka bo‘lmoq: -

281. sochi tikka bo‘lmoq: -

282. ta’b tirriq bo‘lmoq: -

283. ta’b tirriq bo‘lmoq: -

284. ta’b xira bo‘lmoq: -

285. ta’bi tirriq bo‘lmoq: -

286. ta’bi tirriq bo‘lmoq: -

287. ta’bi xira bo‘lmoq: -

288. ta’bir joiz bo‘lmoq: -

289. tabiat tirriq bo‘lmoq: -

290. tabiat xira bo‘lmoq: -

291. tabiati tirriq bo‘lmoq: -

292. tabiati xira bo‘lmoq: -

293. tars yorilib ketgudek bo‘lmoq: -

294. tasadduq bo‘lmoq: aylanib o‘rgilmoq.

295. taslim bo‘lmoq: 1.jangda, kurashda, tortishuvda yengilib, qarshilikni to‘xtatmoq 2.qarshilikni to‘xtatmoq; bo‘ysunmoq.

296. tayyor oshga bakovul bo‘lmoq: -

297. tayyorga ayyor bo‘lmoq: -

298. teng bo‘lmoq: bir xil, baravar bo‘lmoq, tenglashmoq; farq qilmaslik

299. Tepa soch tikka bo‘lmoq: -

300. Tepa sochi tikka bo‘lmoq: -

301. tikan bo‘lmoq: O‘rtada to‘siq, g‘ov bo‘lmoq

302. til bir qarich bo‘lmoq: -

303. til qisiq bo‘lmoq: -

304. til uzun bo‘lmoq: -

305. tili bir qarich bo‘lmoq: -

306. tili qisiq bo‘lmoq: -

307. tili uzun bo‘lmoq: -

308. tirik yetim bo‘lmoq: -

309. tirnoqqa zor bo‘lmoq: -

310. to‘rt ko‘z bo‘lmoq: -

311. toqat toq bo‘lmoq: -

312. toqati toq bo‘lmoq: -

313. tubroq bo‘lmoq: -

314. tumtaraqay bo‘lmoq: Tumtaraqay holga tushmoq, har tomonga qochish, ketish holatiga tushmoq

315. tuz-namak bo‘lmoq: Ma’lum muddat ham-tovoq bo‘lmoq, topganini kimsa bilan o‘rtada baham ko‘rmoq

316. uch pul bo‘lmoq: -

317. uch pul bo‘lmoq uch pul qilmoq: -

318. ushuk bo‘lmoq: -

319. ustuxon bo‘lmoq: Nihoyatda ozib ketmoq, qoqsuyak bo‘lib qolmoq

320. xafaqon bo‘lmoq: Diqqat bo‘lmoq, siqilmoq; xunob bo‘lmoq

321. xatm bo‘lmoq: -

322. xayolini bo‘lmoq: -

323. xayolni bo‘lmoq: -

324. yaraga malham bo‘lmoq: -

325. yaraga malham bo‘lmoq: -

326. yarasiga malham bo‘lmoq: -

327. yarasiga malham bo‘lmoq: -

328. yer bilan bitta bo‘lmoq: yer bilan bitta bo‘ldi

329. yer bilan yakson bo‘lmoq: -

330. yer yorilsa, kirguday bo‘lmoq: -

331. yer yorilsa, yerga kirguday bo‘lmoq: -

332. yig‘lamoqdan beri bo‘lmoq: yig‘lab yuborish darajasiga yetdi

333. yig‘lashdan beri bo‘lmoq: -

334. yostiq bo‘lmoq: -

335. yuragi qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

336. yuragi taka-puka bo‘lmoq: ruhan notinch, bezovta

337. yuragi tars yorilguday bo‘lmoq: -

338. yuragi tosh bo‘lmoq: rahm-shavqati yo‘q

339. yuragi xun bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

340. yuragi yorilgudek bo‘lmoq: -

341. yuragida o‘ti bo‘lmoq: -

342. yuragining bir chekkasi g‘ash bo‘lmoq: tashvishli , bezovta, notinch

343. yurak qon bo‘lmoq: -

344. yurak taka-puka bo‘lmoq: -

345. yurak tars yorilguday bo‘lmoq: -

346. yurak xun bo‘lmoq: -

347. yurak yorilgudek bo‘lmoq: -

348. yurak-bag‘r qon bo‘lmoq: -

349. yurak-bag‘r xun bo‘lmoq: -

350. yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

351. yurak-bag‘ri xun bo‘lmoq: -

352. yurakda o‘ti bo‘lmoq: -

353. yuraklar qon bo‘lmoq: -

354. yuraklar qon bo‘lmoq: -

355. yuz ko‘rmas bo‘lmoq: aloqani butunlay uzdi

356. yuz shuvut bo‘lmoq: -

357. yuzi oq bo‘lmoq: -

358. yuzi qora bo‘lmoq: -

359. yuzi shamgin bo‘lmoq: uyatli holatga tushdi

360. yuzi shuvut bo‘lmoq: uyatli holatda

361. yuzi yorug‘ bo‘lmoq: uyaladigan joyi yo‘q, olqishlashga loyiq

362. zada bo‘lmoq: Biror kimsa yoki narsadan qo‘rqib, hadiksirab, bezillab qolmoq.

363. zahar bo‘lmoq: Zaharga, og‘uga aylanmoq, tatimaslik

364. zavol bo‘lmoq: Biror kimsaning yo‘q (halok) bo‘lishiga sabab bo‘lmoq.

1. Abjaq bo‘lmoq – majaq bo‘lmoq – dabdala bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq – hayratlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(emotsional bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

3. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

4. Chanqamoq – suvsamoq – cho‘llamoq – tashna bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

5. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

6. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

7. Yengmoq – egallab olmoq – g‘olib bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

8. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

9. Zoriqmok – zor bo‘lmoq – muhtoj bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.