Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bel} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: bel-lash-moq
Izoh(lar)i:
bel [bel ]

1. Orqa suyakning (umurtqa pog‘onasining) pastki qismi. Beli sinib yotgan sarboz ham oyga tikilar, undan najot yo‘q. Mirmuhsin, Me’mor

2. Gavdaning ko‘krak qafasi bilan bo‘ksa o‘rtasidagi eng xipcha qismi; biqin. Ular qizning bo‘yi, beli, yelkasi va qo‘llarini o‘lchab yozib olishdi. I. Rahim, Ixlos

3. Yon, cho‘ntak yoki belbog‘ ma’nosida. Belimda pul, boshimda savag‘ichdan to‘qilgan katta qafasda kukkulab turgan bir juft qumri. G‘. G‘ulom, Shum bola

4. Biror narsaning o‘rta qismi, o‘rtasi Sho‘xsoy qishloqning qoq belidan ayqirib oqadi. H. Nazar, So‘nmas chaqmoqlar

5. Jismoniy yoki moddiy kuchning ramzi. Yomonga el bo‘lguncha, Yaxshiga bel bo‘l. Maqol

6. Tog‘ va tepaliklarning egarsimon eng baland joyi. Seni mingan beklar daryoday toshdi, Necha bel-u necha tog‘lardan oshdi. Malikayi ayyor

7. Belini sindirmoq Katta moddiy, jismoniy yoki ma’naviy zarar yetkazmoq. Gapning belini sindirmanglar, jim turing, Haydarcha gapiraversin. S. Ayniy, Jallodlar

8. Yer qazish, sochilgan narsalarni olib solish, to‘plash uchun ishlatiladigan yog‘och sopli temir qurol; belkurak. Bel bilan yer kovlamoq. Belni peshlagan bilar, yerni ishlagan bilar. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: musobaqalashmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.