Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {beg‘ubor}
So‘z bo‘g‘inlari: be-g‘u-bor
Izoh(lar)i:
beg‘ubor sf

1. 1. Chang-g‘ubordan, ifloslikdan xoli; musaffo, toza. Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday beg‘uborki, ko‘zni oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Beg‘ubor, mayin shabada esadi-yu, odamlarni bog‘-u rog‘larga chorlaydi. Gazetadan
Osmon ko‘nglim kabi keng, Ko‘nglim kabi beg‘ubor. E. Vohidov, Muhabbat

2. ko‘chma hma Ko‘nglida yomonligi, kiri yo‘q; pok, sofdil, sidqidil. Beg‘ubor yigit. Yuzidan mehr yog‘ilib turgan bu ajoyib, sodda, beg‘ubor qizga shartta uylanib, oyimni baxtiyor qilishga nima xalaqit beradi? A. Muxtor, Asarlar
Tolibjon bu sodda va lekin beg‘ubor kishilarning o‘zlaridek beg‘ubor suhbatlariga kulib-kulib, quloq solib o‘tirar edi. S. Ahmad, Jimjitlik

3. ko‘chma hma Dog‘ tushmagan, pokiza. Elmurod qarshisida chug‘urlashgan, ko‘zlari tiniq, qalblari beg‘ubor bolalarning har birini quchoqlab, yuzlaridan o‘pgisi keldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Do‘ppimni yerga olib, endi o‘ylab qarasam, Yoshlik degani asli poklik ekan, beg‘ubor. A. Oripov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: musaffo [a], sof [a], toza
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Beg‘ubor – toza – sof – musaffo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Toza – ozoda – pok – pokiza – sof – musaffo – beg‘ubor – g‘uborsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.