Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bayon}
So‘z bo‘g‘inlari: ba-yon qil-moq
Izoh(lar)i:
bayon [ba-yon ]

1. Tabiat va jamiyat haqidagi tushuncha hamda tasavvur yuzasidan inson fikri va mulohazalarining og‘zaki yoki yozma ifodasi. Og‘zaki bayon. Bayon qilmoq. Fikr bayon qilmoq.Bu yog‘ini qaysi til bilan bayon etsam ekan X. To‘xtaboyev, Sehrli qalpoqcha

2. Adabiy asarning sodir bo‘lgan yoki bo‘layotgan voqealar hamda voqealarning borishi haqida hikoya qilinadigan qismi.

3. Tavsif; izoh berish. Asarning qimmatli boblaridan biri she’riyat va aruz bayonidir. Fan va turmush

4. O‘qib yoki aytib berilgan biror matn asosida yozib chiqilgan ish; yozma ish (o‘quvchilar bilimini baholashning yozma shakllaridan biri).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aytmoq I
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: boyon Boylar, badavlat kishilar.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.