Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ay} - lan ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - ish ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifatga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ay-la-nish-moq
Izoh(lar)i:
aylanishmoq [ay-la-nish-moq ]

1. Aylanmoq fe’lining birgalik nisbati. Davrani to‘rt aylanishdi hamki, juvon yonbosh bermadi. S. Ahmad, Jimjitlik

2. Biror yerda yoki biror ish bilan ovora bo‘lib, tutilib qolmoq, biror yerda aylanib, o‘ralishib yurmoq. Hakimboyvachcha: — Ertalab kelgan edim. Bankda aylanishib qoldim, — dedi-da, so‘zlab ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Asosiy, odatdagi bo‘lmagan biror ish, narsa bilan shug‘ullanmoq. Qimorga aylanishmoq. Bozorga (savdoga) aylanishmoq. -

4. Biror narsa ilinjida oralamoq, paydo bo‘lmoq; oralamoq. Begona kishilar aylanishib qoldi. -

5. Biror kimsaning ilinjida bo‘lmoq; ilakishmoq. Uning [Sharofatning] nazarida, bu taxminlardan haqiqatga yaqinrog‘i Sidiqjonning shu juvon o‘lgur Kanizakka aylanishib qolganligi edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ilakishmoq , osilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.