Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aya} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: a-ya-moq
Izoh(lar)i:
aya [a-ya ]

1. Ona, oyi. [Mirzakarimboy:] Qalay, onang baquvvatmi? [Yo‘lchi:] Ayam, shukur, sog‘-salomat. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Tarbiyachi ayol, murabbiya. Ayaga bitta achchiq choy qilib bering, qizim. S. Ahmad, Yulduz

3. Hurmat yuzasidan ayollar nomiga qo‘shib aytiladi yoki ayollar nomining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ertaga azonlab dalaga chiqish kerakligini eslab, Dildor ayvonga Malika aya uchun ham joy qilib, chiroqni o‘chirmay yotdi. S. Ahmad, Ufq

4. O‘zidan katta ayollarga hurmat bilan murojaat qilishda ishlatiladi. [Xonzoda G‘ofirga:] Belingda belbog‘ing bormi? Qanday sharmanda, xudo urgan erkaksan? [G‘ofir:] Aya! Haqorat qilmang! Hamza, Boy ila xizmatchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.