Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ammo}
So‘z bo‘g‘inlari: am-mo
Izoh(lar)i:
ammo ys

1. bog‘l. ʻl. Qo‘shma gap qismlarini zidlash munosabati bilan bog‘laydi; lekin, biroq. Roziman, ammo hammasiga emas. Bu juda qiyin ish, ammo bajaramiz. Mayli, siz yashirdingiz. Ammo man yashirmayman. Oybek, Tanlangan asarlar

2. yukl. kl. Fikrga ta’kid, kuchaytirish ma’nosini beradi; ammo-lekin. Ammo rosa vaqtida kelibmiz-da.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: lekin [f-t<a], illo [a], biroq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: amma – [a] Otaning opasi yoki singlisi.
Qomus: mavjud emas.

1. tuya hammomni havas qilganday: O‘ziga xos va mos bo‘lmaydigan, yarashmaydigan urinish, intilish, orzu qilish holatiga nisbatan qo‘llanadigan ibora

1. Ammo – lekin – biroq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.