Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ada}
So‘z bo‘g‘inlari: a-da
Izoh(lar)i: mavjud emas.
Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ota
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Adabiy til umumxalq tilining olim, yozuvchi va shoirlar tomonidan qayta ishlangan, me’yorga solingan, hamma uchun umumiy bo‘lgan, yuqori darajada sayqallashgan shakli. Davlat muassasasi, matbuot, radio, televideniye va ta’lim, madaniyat va ilmda adabiy tildan foydalaniladi. Adabiy til umumxalq tilidan tashqarida bo‘lmaydi. Adabiy til bo‘lishi uchun umumxalq tili yozuv bilan ta’minlangan, qonun-qoidasi aniqlangan, mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo‘lishi lozim.Adabiy tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi mavjud. Og‘zaki shakl so‘z, tovush, gap, ohang, pauza (to‘xtam) bilan, yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgisi bilan ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli o‘z me’yoriga ega. Uning og‘zaki shakli kishi uchun bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasi. Chunki yozuvda qog‘oz, ruchka, yorug‘lik bo‘lishi kerak. Og‘zaki muloqotda bu shart emas.

Dunyodagi ko‘pgina tilning hozir ham adabiy shakli yo‘q.

Eski o‘zbek adabiy tili – XIV asrning birinchi yarmidan boshlab XIX asrlargacha amalda bo‘lgan adabiy til.

Bu davrga kelib bugungi kunda amal qilayotgan turkiy tillar bir-biridan juda ko‘plab belgilari asosida farqlanib, mustaqillik kasb eta bordi. Xususan, eski o‘zbek adabiy tili ham vujudga keldi. Shuningdek, yozma adabiyot ommalashmaganligi tufayli adabiy til zaifroq, yozma manbalarda shevaga xos xususiyatlar ko‘plab ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, Farg‘ona va Movaraunnahrda yozilgan asarlar tili Xorazm vohasida yaratilgan asarlar tilidan ma’lum dialektik xossalari bilan ajralib turar edi. Shuningdek, o‘g‘iz lahjasi o‘zbek tilini bugungi kunda ham turkiy tillarning o‘g‘iz guruhi bilan bog‘lab turganligi sababli unda har ikki tomon xususiyatlari qaysidir darajada saqlanishi tabiiy hol. O‘zbek tilining qipchoq lahjasi va turkiy tillarning qipchoq guruhi haqida ham shunday fikr aytish mumkin.

Shunday bo‘lsa-da, bu davrda mavjud shevaviy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan umumiy o‘zbek adabiy tilini shakllantirishga intilish kuchayadi. Pirovardida eski o‘zbek adabiy tili shakllandi. Bu tilda quyidagi asosiy yozma manbalar yaratildi: Xorazmiy «Muhabbatnoma»si, Said Ahmadning «Taashshuqnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» asari, Sayfi Saroyining «Guliston»i, Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni. Shuningdek, Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Yaqiniy, Ahmadiy, Yusuf Amiriy, Mirhaydar, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Solih asarlari shu davr tilida. Bu davr tili o‘zbek tiliga birmuncha yaqin. Mas., oldingi bosqichlardagi d tovushi to‘la y tovushiga aylandi. Shart mayli qo‘shimchasi -sa ga aylanib bo‘ldi. Kelishiklar bugungi qiyofasini topdi. Ravishdosh va sifatdosh shakllari kengaydi. Harakat nomining -moqshakli iste’moli kengayib, -ishshakli faollashdi va boshqalar.

 

Hozirgi o‘zbek adabiy tiliXX asr boshidan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Qahhor, G‘afur G‘ulom, H.Olimjon va boshqa adiblar asarlar yaratdi. Bu til XX asrdan boshlab shakllandi.Hozirgi o‘zbek adabiy tili mustaqil o‘zbek millatining milliy adabiy tili. Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa bo‘lganligi sababli undagi o‘zgarishlar ijtimoiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda o‘zbek tilining XX asrdagi taraqqiyoti juda katta tarixiy evrilishlar jarayonida yuz berdi. XX asrning boshlarida gazeta, jurnallarning tili panturkizm g‘oyalari ta’siriga haddan tashqari berilish natijasida juda chalkash bir ahvolda edi. Ularda iste’moldagi arab, fors so‘zlari turk, ozarbayjon, qadimiy turkiy so‘zlar bilan almashtirilgan va baribir, omma tilidan uzoqlashgan edi. Ba’zi bir oqimlar tilni tozalash bayrog‘ini baland ko‘tarib, jonli tildan ancha yiroq bo‘lgan eski o‘zbek tili («chig‘atoy tili») ni adabiy til sifatida qabul qilish fikrida bo‘ldilar. Abdurauf Fitrat turk (o‘zbek) tilining ayanchli ahvoli haqida «dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsizi yana shul turkchadir» degan xulosaga kelgan edi. U buning sabablari xususida to‘xtalib: «Turklarning baxtsizligi arab bosqini bilan bog‘lanmishdir. Dunyoning eng boy tili bo‘lg‘on turkchamiz yolg‘uz arabcha yumruqlar bilan emas, forsiycha tepkilar bilan dag‘i ezilmishdir» - deydi kuyunib. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng bu yerdagi millatlar ustida ham ulug‘davlatchilik va ulug‘millatchilik mafkurasi o‘rnatila boshladi. Kuchli mafkuraviy tazyiqlar natijasida hukmron tilga nisbatan ijobiy munosabat ham paydo bo‘la boshladi. Jonli nutqda, hatto she’riy asarlarda ham ruscha so‘zlarni ishlatish hollari kuzatila boshladi. Buni Muqimiy, Zavqiy she’rlaridagi durak, chert, vot, poshyol so‘zlari isbotlaydi. 1917- yilgi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng nafaqat ruscha, balki sovetizm deb ataluvchi so‘zlar ham tilimizda hisobsiz darajada ko‘payib bordi. U mavjud so‘zlarimizni ham siqib chiqara boshladi. Mas., pioner (kashshof), propaganda (targ‘ibot), agitatsiya (tashviqot), yedinitsa (birlik), grajdan (fuqaro), problema (muammo), poeziya (she’riyat) kabi. Rus tili hukmronligi kuchayishi natijasida boshqa milliy tillar kabi o‘zbek tili ham o‘zbek millatiga mansub kishilarning o‘zaro suhbat tiliga aylanib, rasmiy doiralardan siqib chiqarila boshladi. Rus tilida gaplashishlariga qarab kishilarni «madaniyatli» va qoloq kishilarga ajratish urf bo‘ldi. Yig‘inlar rus tilida olib borilar, barcha rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari rus tilida yuritilar edi. Oliy o‘quv yurtlardagi asosiy mashg‘ulotlar rus tilida o‘tilar edi. Umuman olganda, o‘tgan asrning 80- yillariga kelib, O‘zbekistonda ham rus tili mutlaq hukmronlikni qo‘lga oldi va o‘zbek tilining vazifa doirasi keskin toraydi. Mamlakatdagi bu kabi boshqa ijtimoiy jarayonlar kuchayishi sobiq Sho‘ro hududida milliy istiqlol harakatiga turtki bo‘ldi. Milliy respublikalar milliy mustaqillik, milliy tillarga davlat tili maqomini berish talablari bilan chiqdilar. Bu jarayon O‘zbekistonda ham kuchli portlashlar asosida vujudga keldi. Natijada 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi unga tom ma’noda mustaqillik baxsh etdi. U tobelik kishanlaridan butkul xalos bo‘lib, mustaqil rivojlana boshladi. 1991-yilda O‘zbekistonning alohida davlat sifatida istiqlolga erishuvi o‘zbek tili davlat tili maqomining abadiyligini kafolatladi.

1. adabini bermoq: qilmishiga yarasha jazoladi

2. adam aylamoq: Yo‘qotmoq, yo‘q qilmoq

3. badanidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

4. bir chekkadan: boshlanishidan tartib bilan

5. bir yoqadan bosh chiqardi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi

6. bo‘taday bo‘zlamoq: zor-zor yig‘lamoq

7. Ikki o‘rtada: ozgina, andak

8. ninaday gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

9. pashshadan fil yasadi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

10. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi

11. qadami qirqmoq: qadam bosmaydigan, kelmaydigan bo‘ldi.

12. taxtaday qotib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

13. uvadasi chiqqan: 1. eskirib, yirtilib to‘zgan, dabdala bo‘lgan. 2. yaroqsiz holga kelgan, «dabdala» bo‘lgan

14. xotiradan chiqardi: unutdi

15. zada bo‘lmoq: Biror kimsa yoki narsadan qo‘rqib, hadiksirab, bezillab qolmoq.

1. Adabsiz – tarbiyasiz – axloqsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini keng ifodalashiga ko‘ra)

2. Adadsiz – son-sanoqsiz – hisobsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Bug‘im – barmoq – qarich – qadam – gaz
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘lchov hajmining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Darrov – darhol – tez – tezda – birpasda – bir zumda – bir lahzada – zumda – lahzada
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

5. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

6. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

7. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

8. Naqadar – nechog‘lik – qanchalik – bunchalar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

9. Tezlashmoq – jadallashmoq – ildamlashmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

10. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.